1. Moddiy jihatdan zarar, ziyon keltiradigan; befoyda.
Zararli ish. Zararli bitim.
-
2. Kishi ma’naviyatiga, ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan, ziyonli.
Xurofotlarning puch, bema’ni va zararli ekanini sodda tilda tushuntirish kerak.
Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
3. Zarar, shikast yetkazuvchi, ofat keltiruvchi; zararkunanda.
Hammaga ma’lumki, havoda zararli mikroorganizmlar ko‘p bo‘ladi.
Gazetadan