Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {zapas}
So‘z bo‘g‘inlari: za-pas
Izoh(lar)i:
zapas [r. zapasti – asramoq, avaylamoq]

1. Kelajakda foydalanish yoki biror maqsad uchun jamg‘arib ajratib qo‘yilgan narsa; zaxira. Yoqilg‘i zapasi. Vahobjonning juda jahli chiqib ketdi. Bu qanday gap! Zapas g‘ildirak bo‘lganda ham boshqa gap edi. S. Ahmad, Tog‘ afsonasi.

2. Ehtiyot shart, zarurat uchun tayyorlangan kimsa yoki narsa. Mashinaning zapas qismlari. Zapas o‘yinchi. Miltiq ovozlari xandaqlarning ichkarisidagi zapas pis-tirmalargacha yetib bordi. I. Rahim, Chin muhabbat.

3. Qazilma boyliklarning yer ostidagi, hali foydalanilmagan miqdori. Neft zapaslari.

4. ko‘chma Kishining ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi boyligi, bilim darajasi. So‘z zapasi. Bilim zapasi.

5. s. t. Tikuvchilikda matoning kiyim choklari ostida ataylab, keyin qo‘shib yuborish uchun qoldiriladigan ortiqcha qismi. Yengning zapasi.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.