Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {zang}
So‘z bo‘g‘inlari: zang
Izoh(lar)i:
zang [f. zang – zang, oksid]

1. maxs. Suvda yoki havoda oksidlanish tufayli metallar sirtida hosil bo‘ladigan va uni yemiradigan qizil-qo‘ng‘ir g‘ovak qatlam, parda. Temirchilar, zanglagan temirni o‘tga solsang, zangi to‘kiladi, deyishadi. X. To‘xtaboyev, Felyetondan so‘ng

2. q. x. O‘simliklarning parazit zamburug‘larning sporalari rivojlangan joylarida (bargi, poyasi, qisman mevasida) paydo bo‘ladigan zarg‘aldoq, qo‘ng‘ir dog‘dan iborat kasallik. Zang zamburug‘lari. Zang kasalligi.

3. ko‘chma Dog‘, g‘ubor; g‘am-alam, anduh. Davlat arboblari aql va adolatni shior qilsalar hayotning zangini oltinga aylantirmoq mumkin. Oybek, Navoiy

4. Qo‘ng‘iroq; tovushli signal, xabar berish uchun ishlatiladigan metall buyum (masalan, rels parchasi). [Oshpaz] Tut butog‘iga osilgan zangni qo‘lidagi tayog‘i bilan ura boshladi. M. Muhamedov, Qaxramon izidan

5. Shunday qo‘ng‘iroq, signal yoki soat tovushi. Devor soatning zangi. Boboqul otaning zangi eshitilmaydigan bo‘ldi. H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar

6. shv. Tok tanasining ko‘p yillik yo‘g‘on qismi. Uzum zanglari changal qo‘ralar ustiga tirmashib chiqib, bizning husayni uzumimizni kuzda u hovlidan ham, bu hovlidan ham yeyish mumkin bo‘lardi. U. Usmonov, Sirli sohil

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. zang I Ot
metallning namda oksidlanishi natijasida hosil bo‘ladigan (emirilish) moddasi

2. zang II Ot
tokning ildizga yaqin yo‘g‘on qismi

3. zang III Ot
tovushli signal berish uchun moslangan metall buyum

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. otdan tushsa ham, uzangidan tushmaydi: mavqeini yo‘qotganiga qaramay, o‘zini avvalgiday tutadi

1. Gavdali – jussali – barvasta – norg‘ul – qomatdor – barzangi
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorligining oshib borishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.