Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {zakot}
So‘z bo‘g‘inlari: za-kot
Izoh(lar)i:
zakot [za-kot ]

1. din. Shariatga muvofiq, puldor, badavlat musulmonning o‘ziga qarashli mol-mulki va daromadining qirqdan bir ulushi miqdorida (ro‘za vaqtida) beva-bechoralarga, kambag‘al-qashshoqlarga beradigan xayr-sadaqasi. Mana, Farg‘onaning eng aziz, eng badavlat, eng xalqparvar odami — Sodiq-jon boyvachcha yaqinda butun Qo‘qon xalqiga zakot berdilar. K. Yashin, Hamza

2. tar. O‘rta Osiyo xonliklarida: chorva va mol-mulkning qirqdan bir ulushi miqdorida har yili xazina foydasiga olingan soliq. Soliqlarning uchinchi turi — zakot — mol-mulkdan olinadigan davlat solig‘i edi. F. Ozodayev, Toshkent tarixidan ocherklar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Zakot – ushr – xiroj
Ma’nosiga ko‘ra
( miqdorining oshib borishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: zakot
Izoh: Shariatga muvofiq, puldor, badavlat musulmonning o‘ziga qarashli mol-mulki va daromadining qirqdan bir ulushi miqdorida beva-bechoralarga, kambag‘al-qashshoqlarga beradigan xayr-sadaqasi. Misol: Mana, Farg‘onaning eng aziz, eng badavlat, eng xalqparvar odami – Sodiqjon boyvachcha yaqinda butun Qo‘qon xalqiga zakot berdilar. Sinonim: Sadaqa, xayr-ehson