1. Mehnatkash, mehnat qiluvchi.
Hozirgi tog‘oraday dumbali hisori qo‘ylar ham o‘zidan-o‘zi paydo bo‘lib qolmagan-ku! Bu zotni yetishtirguncha Boboqul otaga o‘xshash qanchadan-qancha zahmatkash cho‘ponlarning umri o‘tgan.
S. Anorboyev, Oqsoy
2. ko‘chma Jafokash, ko‘p jafo ko‘rgan.
Inchunin, bizlar zahmatkash, yelkasi yag‘ir jismi-joni mustabidlar zulmidan o‘rtangan el-ulus diliga singib bormog‘imiz lozim-dir.
S. Siyoyev, Yorug‘lik