Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {zaharli}
So‘z bo‘g‘inlari: za-har-li
Izoh(lar)i:
zaharli [za-har-li ]

1. Turgan-bitgani zahardan iborat bo‘lgan, zaharlaydigan. Zaharli modda. Zaharli gaz. Mashina terimiga ajratilgan paxta maydonlari begona o‘tlardan tozalanmagan zaharli ximikatlar tashib olinmagan. Gazetadan

2. Tarkibida zahari bor. Zaharli ilon. Zaharli o‘simlik. Qora ilon [o‘z] tutgan o‘ljasini maxsus zaharli tishlari bilan o‘ldiradi. Zoologiya

3. Zahar surtilgan, zahar qo‘shilgan. Zaharli nayza. Zaharli o‘q.

4. ko‘chma Kishiga nayzadek, o‘qdek botadigan; achchiq, kinoyali. Zaharli gap. Zaharli maktub. — Onajon, — dedi Otabek, — sizning zaharli so‘zlaringizga nima deyishga ham hayronman A. Qodiriy, Utgan kunlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.