1. Tirik mavjudotni og‘ulab yemiruvchi yoki o‘ldiruvchi modda, og‘u.
Qolaversa, ilon zahari farmatsevtikada qimmatbaho xomashyo ekani ham yaxshi ma’lum.
Fan va turmush
2. ko‘chma Og‘u singari achchiq, kishi hayotini og‘ulaydigan, azobga aylantiradigan narsa, holat.
[Elmurod} Sayfullaga Hovlingizda yegan-ichganim zahar edi, endi maktab-da rangim chiqib qoldi, deb tana qilarmish.
P. Tursun, O‘qituvchi
3. ko‘chma Jahl, g‘azab.
Hovlida oshqovoq po‘choq sudrab o‘ynab yurgan bolani ko‘rib, [Sharofatning] zahri bir oz tarqaldi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
4. Qattiq zarb, achchiq og‘riq.
Tikan zahri uchida, dushman zahri ichida.
Maqol
5. sft. Ko‘chma Juda ham achchiq.
Zahar ovqat. Zahar tutun.
-
6. sft. Ko‘chma Kishiga nayzadek botadigan, dilga ozor beradigan.
Rais ustaga g‘azab bilan tikildi-yu, zahar to‘la kinoya qildi.
Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
7. sft. Ko‘chma Jahldor, serjahl, qahr-g‘azabli; tili achchiq va jizzaki.
— Bay-bay-bay, o‘zi jinqarcha bo‘lsayam, shunaqa zahar qizki, xuddi Zulayho opangizga o‘xshaydi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol