Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {zabun}
So‘z bo‘g‘inlari: za-bun
Izoh(lar)i:
zabun [za-bun ]

1. Kuchsiz, nimjon, zaif. Hatto erta-kech tanchaning bir tomonini band etishdan o‘zga ishga yaramagan zabun kampirlar ham bu xontaxlit to‘yni tomosha qilishdan o‘zlarini tiya olmadilar. Oybek, Tanlangan asarlar

2. Nochor, ilojsiz. Mardlikni sevgan, mag‘rur yigit o‘zini ojiz, zabun, ixtiyorsiz sezdi. Oybek, Quyosh qoraymas

3. Mushkul, og‘ir, tang. Zolimlar qo‘lida zabundir holim, Bemahal yetishdi, qaytayin, o‘lim. Bahrom va Gulandom

4. Xor, ezilgan. O‘tmishda zabun va mazlum ahvolda bo‘lgan o‘zbek xotin-qizlari jamiyatimizda hamma bilan teng qator-da munosib o‘rin egallaganligi quvonchli bir holdir. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: achinarli
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.