Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {zabt}
So‘z bo‘g‘inlari: zabt
Izoh(lar)i:
zabt [zabt ]

1. Zabt qilmoq (yoki etmoq) Bosib olmoq, egallamoq, ishg‘ol qilmoq. Agar Xorazm o‘zaro urush olovi ichida qolsa, ani zabt etmak oson. M. Osim, Karvon yo‘llarida

2. Zabt bilan Kuch bilan, shiddat bilan. Muharram o‘sha totli muhabbat kunlari, oylari o‘z og‘ushiga zabt bilan tortayotgandek ko‘zlarini beixtiyor yumdi. Shuhrat, Shinelli yillar

3. Zabti tez Achchig‘i tez, serzarda, serjahl. Zabti tez odam.

4. Zabtiga olmoq Tobora kuchaymoq, avjiga minmoq. Surxondaryoda suv balosi ayniqsa zabtiga olib, so‘nggi ikki hafta mobaynida ikki marta sel keldi. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. zabtiga olmoq: juda kuchayib ketdi

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.