Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yurish-turish}
So‘z bo‘g‘inlari: yu-rish--tu-rish
Izoh(lar)i:
yurish-turish ot

1. Ish, xatti-harakat va shu kabilarda o‘zini tutish holati, ahvoli. Uning yuzi-ko‘zi va yurish-turishida boshqa jangchilarnikidan farq qiladigan biror narsa yo‘q edi. Shuhrat, Shinelli yillar
U Shakarxonning hozirgi yurish-turishidan shubhalangan edi, shubhasi to‘g‘ri chiqdi. Oydin, O‘zidan ko‘rsin
Rost, bu o‘g‘lingiz serg‘ayrat va zehnli ekanligi yurish-turishi, vajohatidan bilinib turibdi. M. Osim, Ibn Sino qissasi
Ularning gaplari, muomalalari, yurish-turishlari Yo‘lchiga tamom begona tuyildi. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: axloq [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.