1. 1. Yupantiruvchi, ovuntiruvchi sezgi, his-tuyg‘u; tasalli, taskin.
Bu tovushlar, bu portlashlar uning asabini nega-dir buzmadi. Qaytaga qandaydir halovat, yupanch berayotganga o‘xshardi.
S. Ahmad, Jimjitlik
Qozoq xalqi o‘z mung-zorini, quvonchi bilan yupanchini, orzu va muddaosini o‘lan bilan ifodalab keldi.
Gazetadan
2. 2. Yupantiruvchi narsa, shaxs; ovunchoq.
Kunduzi shu daraxt, kechasi paryostiq uning yupanchi.
S. Nurov, Yostiq
Kechalari yulduz to‘la osmonga tikilib, tunni tongga ulab, qushlar na’masidan, suvlar shildirashidan ko‘ngli allaqanday yupanch izlardi.
S. Ahmad, Ufq
U [Mohidil] onasini nihoyatda sevar, bir zumgina ajrashni istamas, yupanchi ham, quvonchi ham — shu ona.
J. Abdullaxonov, To‘fon