Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yuk} - la - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: yuk-la-moq
Izoh(lar)i:
yuk [yuk ]

1. Bir yerdan ikkinchi yerga ko‘tarib, tashib borilishi lozim bo‘lgan og‘irlik. Boy shaharga bir oz yuk tushirgan edi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. ko‘chmaKishini urintirib qo‘yadigan, tashvishga soladigan ortiqcha narsa; tash-vish, daxmaza. Mohidilning boshida g‘alati o‘ylar, fikrlar to‘lqin ura boshladi Bordi-yu, tuzalmasa-chi? Bu yerdagilarga og‘ir yuk bo‘lib qolmasmikan tag‘in? J. Abdullaxonov, To‘fon

3. s. t.Qorindagi bola; homila. Hiqichoq xola allanima balo qilib, bolani tushirdi-yu, onaning boshiga yetdi. Ma’suma yukidan ozod bo‘lgach, oyog‘ini sudrab, arang uyiga yetib keldi. M. Osim, Tilsiz guvoh

4. Diniy e’tiqodga ko‘ra, aziz-avliyolarni ranjitish tufayli yuz beradigan kasallik. Nimjon bo‘lib qolgan bola qattiq isitmalab, yomon ahvolga tushgach, bola shaytonlabdi, unga yuk tushibdi, domlaga o‘qit, deb qo‘yishmaydi Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: ortmoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.