1. 1. Yozmoq II fe’lidan sifatdosh.
2. ot ot Badiiy asar yozish ishi bilan shug‘ullanadigan shaxs; adib.
Talantli yozuvchi.
▬
Er-xotin aytaversa, bu janjalning tarixi biron yozuvchining qo‘liga tushsa, kattakon bir kitob bo‘ladigan.
A. Qahhor, Jonfig‘on
Jo‘raxon, yozuvchi bilan xayrlashib, tashqariga chiqdi.
Nazarmat, Jo‘rlar baland sayraydi
3. salb. lb. Ig‘vogar, oraga nifoq soluvchi.
Bu yozuvchi ko‘p odamlarni sarson qildi.