1. To‘shab qo‘yilgan, yozilgan.
Yerga yoziqli shohi gilam, taxmondagi ko‘rpa-ko‘rpachalar uning ko‘zlariga ko‘rinib keta-yotganday bo‘ldi.
H. G‘ulom, Mash’al
2. Yozilgan, bitilgan.
Daftarning har betiga chislo va sarlavha yoziqli edi.
H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar
3. esk.Yozig‘i, gunohi bor; gunohkor.
Peshonamiz tor ekan, yoziqli jon bor ekan, Endi bilsak, bu ishda johil javobgar ekan.
Hamza, Tanlangan asarlar