1. Yozmoq I 1, 2, 3 fe’lining o‘zlik va majhul nisbatlari.
Kun botish tomondan osmonga pushti qizil shu’la yozilgan edi.
P. Tursun, O‘qituvchi
2. Xursand bo‘lmoq, kayfiyati ko‘tarilmoq; charchoqni tarqatmoq, tashvishni yo‘qotmoq, yayramoq.
Endi bir shaharga tushib, uch-to‘rt kun yozilib kelsam juda-juda siqilib ketdim.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
3. Endi bir shaharga tushib, uch-to‘rt kun yozilib kelsam juda-juda siqilib ketdim.A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Bemalolroq yozilib o‘tiring! Zap ko‘chib keldingiz-da! Sizni zeriktirmaymiz.
H. G‘ulom, Mash’al
4. Tahorat olmoq, bo‘shalmoq.
Otamurod yozilib kelib, bir haftadan beri birinchi marta paqirdagi quduq suvidan soqol bosib ketgan yuzini pishib-pishib yuvib, bir maza qildi.
M. Mansurov, Yombi
5. Yozmoq II fe’lining majhul va o‘zlik nisbatlari.
Shogird adreslar yoziladigan daftarga imo qildi.
T. Ashurov, Oq ot
6. Atalmoq, bag‘ishlanmoq.
— Mana shu ashula siz uchun yozilgan — Alimardonning ovozi negadir titrab ketdi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
7. A’zo bo‘lmoq, qo‘shilmoq.
Bir emas, o‘n balosi bo‘lsa-da, men shirkatga yozilmoqchiman.
S. Siyoyev, Yorug‘lik
8. Bayon qilinmoq, ifodalanmoq.
Maqola ommabop, ravon va sodda tilda yozilgan edi.
F. Musajonov, Himmat