Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yoz}
So‘z bo‘g‘inlari: yoz
Izoh(lar)i:
yoz [yoz ]

1. Yilning bahor bilan kuz orasidagi eng issiq fasli. Qirqinchi yilning yoz pallasi edi. S. Karomatov, Oltin qum

2. ko‘chmaUmrning eng gullagan, yoshlik davri. Yozim o‘tdi, chiroyingizga to‘ymas aslo bu quvnoq ko‘ngil. G‘ayratiy

Antonim(lar)i: qish
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. yoz I Ot
bahor bilan kuz orasidagi fasl

2. yoz II Fe’l
harf va belgilar bilan matn tuzmoq; yaratmoq, ijod qilmoq

3. yoz III Fe’l
yoy, tarqat, to‘sha; ochmoq, kermoq

4. yoz IV Fe’l
gunoh, aybli, nohaq ish qilib qo‘ymoq

5. yoz V Ko‘makchi fe’l
mustaqil fe’l anglatgan leksik ma’noga “harakatning yuz berishiga yoki tugallanishiga ozgina qolganlik” grammatik ma’nosini qo‘shadi.

Paronimi: mavjud emas.

Ajratib yozish – 1995-yil 24-avgustda qabul qilingan “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari”ning 57–65-paragraflarini o‘z ichiga oluvchi imlo qoidasi to‘plami.

Ajratib yozishquyidagi hollarda amalga oshadi: 1) qo‘shma fe’lning qismlari: sarf qil, ta’sir et, tamom bo‘l, sotib ol, olib kel, olib chiq, miq etma kabi; 2)ko‘makchi fe’l va to‘liqsiz fe’l mustaqil fe’ldan ajratib yoziladi: aytib ber, olib ko‘r, so‘rab qo‘y, ko‘ra qol, bera boshla, yiqila yozdi; ketgan edi, ketgan ekan, ketgan emish kabi. Lekin mustaqil fe’l bilan yordamchi fe’l orasida tovush o‘zgarishi bo‘lsa, bunday qism qo‘shib yoziladi: aytaver (ayta ber), boroladi (bora oladi), bilarkan (bilar ekan) kabi. 3) ko‘makchi oldingi so‘zdan: shu bilan, soat sayin, borgan sari, bu qadar, kun bo‘yi kabi. Lekin bilan ko‘makchisining -la shakli, uchunko‘makchisining -chun shakli chiziqcha bilan yoziladi: sen-la, sen-chun kabi. 4) hamma, har, hech, bir, qay, u, bu, shu, o‘sha so‘zi o‘zidan keyingi yoki oldingi so‘zdan: hamma vaqt, har kim, hech qaysi, qay kuni, u yerda, shu yoqdan, o‘sha yoqqa kabi. Lekin birpas, biroz, birato‘la, birvarakayiga, birmuncha, buyon so‘zi qo‘shib yoziladi. Shuningdek, qay so‘zi yoq, yer so‘zi bilan ishlatilganda bir y tovushi tushsa, bu so‘z qo‘shib yoziladi: qayoqqa, qayerda kabi; 5) sifat oldidan kelib, belgining ortiq yoki kamligini bildiradigan to‘q, jiqqa, tim, liq, lang, och kabi so‘z ajratib yoziladi: to‘q qizil, jiqqa ho‘l, tim qora, liq to‘la, lang ochiq, och sariq kabi; 6) murakkab son qismlari: o‘n bir, besh yuz, qirq ming olti yuz bir, bir ming yetti yuz sakson beshinchi kabi; 6) yildan yilga, tomdan tomga kabi birinchi qismi chiqish kelishigida, ikkinchi qismi jo‘nalish kelishigida bo‘lgan birikma ajratib yoziladi; 7) belgining ortiq darajasini bildiruvchi ko‘pdan ko‘p, tekindan tekin, yangidan yangi, ochiqdan ochiq, qizigandan qizidi kabilar; 8) izofali birikma ajratib yoziladi. Bunda izofa undosh bilan tugagan so‘zlarga i shaklida, unli bilan tugagan so‘zga yi shaklida qo‘shiladi: dardi bedavo, nuqtayi nazar, tarjimayi hol kabi. Lekin izofa yozilmaydigan so‘z, shuningdek, qismidan biri yoki har ikkisi o‘zbek tilida mustaqil ishlatilmaydigan so‘z qo‘shib yoziladi: gulbeor (guli beor), dardisarkabi.

Arab istilosi bilan birga kirib kelgan arab yozuvi(VIII asr) bizda 1200 yildan ortiq davr ichida (1926yilgacha) ba’zi isloh bilan (1918–1920) qo‘llanib keldi. Bu yozuvda minglab ilmiy, badiiy, diniy asar yaratildi, rasmiy hujjat tuzildi. Birgina Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik institutida arab alifbosida yozilgan 46 ming jild asar saqlanadi. Arab alifbosi va bu alifboda yozilgan asar Oktabr to‘ntarishidan keyin, ayniqsa, 30 yillarda qattiq ta’qib ostiga olindi. Natijada ko‘p qimmatbaho qo‘lyozma ko‘mildi, suvga oqizildi yoki ma’muriy idoralar tomonidan musodara qilinib, egalari qattiq jazoga mahkum etildi.

Arab yozuvining kufiy, nasta’liq va boshqa shakli (devoni, mag‘rib, taliq) bo‘lib, Markaziy Osiyoda asosan nasta’liq shakli qo‘llandi (Qur’oni Karim kufiy yozuvida yozilgan).

Oktabr to‘ntarishidan so‘ng arab alifbosi ma’lum darajada isloh qilindi. Chunki arab alifbosida unli tovushni ko‘rsatadigan alohida belgi yo‘q edi. Zer, zabar (harfning osti va ustida qo‘llanadigan belgilar) faqat Qur’on va shunga o‘xshash arab tilida yozilgan diniy asardagina qo‘llanar edi. 1921yil 1–5yanvarda Toshkentda chaqirilgan tilimlo qurultoyi, boshqa masala bilan birga, arab harfining so‘z boshi, o‘rtasi va oxirida qo‘llanish shaklini soddalashtirdi, o‘zbek tiliga xos bo‘lmagan sod, zod, itqi, izg‘i harfini alifbodan chiqardi, u, o‘, i, a tovushi uchun alohida harf belgilandi. 1922yil aprel oyida bo‘lgan maorif va madaniyat xodimlarining ikkinchi qurultoyi ham birinchi qurultoy qarorini ma’qulladi.

1926yili Bokuda turkiyshunoslar anjumani bo‘lib (O‘zbekistondan A.Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat qatnashdi), lotin alifbosiga o‘tish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bunga arab alifbosining turkiy til fonetik xususiyatini aks ettirmasligi va o‘rganishning qiyinligi asos sifatida ko‘rsatildi.

Arab yozuvida 28 ta harf bo‘lib, unga forsiylar o‘zlariga xos to‘rt harf (g, p, ch, j (sirg‘aluvchi)) kiritgan. Turkiy xalqlar ham shu to‘rt harf bilan birgalikda arab yozuvidan foydalangan.

Braxma yozuviqadimgi bo‘g‘inli hind yozuvlaridan biri. Eramizdan avvalgi Hindiston va Hindixitoydagi hozirgi ko‘pgina yozuvlarga asos bo‘lgan. Bu yozuvdagi yodgorliklar buddiylikka oid oliy farmonlar, shoh Ashok (eramizdan avvalgi 272–232) davriga mansub. Bularning ko‘pchiligi qoyalarga va ibodatxonalaning ustun va peshtoqlariga o‘yib yozilgan. Braxma yozuvining kelib chiqishi aniqlanmagan. Olimlar finikiya, oromiy, janubiy arab yozuvlari uning paydo bo‘lishiga ta’sir etgan deb taxmin qilishadi. Shuningdek, u bilan hozircha o‘qishga muvaffaq bo‘linmagan ko‘hna hind yozuvini bog‘lashadi. Braxma yozuvialifbosida 31 bo‘g‘in belgisi (har bir bo‘g‘in bir undosh va “a” unlisi dan iborat), yana 4 ta unlini bildiruvchi alohida belgi hamda “ng” tovushini bildiruvchi maxsus ishora (anus vara) mavjud.

 

Chiziqcha bilan yozish1995- yil 24- avgustda qabul qilingan “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari”ning 51–56- paragraflarini o‘z ichiga oluvchi imlo qoidasi to‘plami.

Quyidagi holda so‘z yoki uning qismlari chiziqcha bilan yoziladi: 1.Juft so‘z va takror so‘z qismi: el-yurt, mehr-shafqat, qovun-tarvuz, omon-eson, kecha-kunduz, yozin-qishin, asta-sekin, uch-to‘rt, o‘n-o‘n beshta (10-15ta), bilinar-bilinmas, bordi-keldi, kuydi-pishdi, don-dun, oz-moz, mayda-chuyda, aldab-suldab, o‘ylab-netib, so‘ramay-netmay, kiyim-kechak, adi-badi, ikir-chikir, duk-duk, taq-tuq, qop-qop, ming-ming (ming-minglab), bitta-bitta (bitta-bittalab), baland-baland, chopa-chopa, ishlay-ishlay, yaqin-yaqinlargacha, hamma-hammasi, uy-uyiga, ich-ichidan kabi.

1) juft so‘zdan qo‘shimcha yordamida yasalgan so‘z ham chiziqcha bilan yoziladi: baxt-saodatli, xayr-xo‘shlashmoq kabi;

2) juft so‘z qismi orasida -u (-yu) bog‘lovchisi kelsa, undan oldin chiziqcha qo‘yiladi va juft so‘z qismlari ajratib yoziladi: do‘st-u dushman (do‘st-dushman), kecha-yu kunduz (kecha-kunduz) kabi;

3) yetakchi va ko‘makchi fe’l bir xil shaklda bo‘lsa, chiziqcha bilan yoziladi: yozdi-oldi, borasan-qo‘yasan, uxlabman-qolibman kabi.

2. Belgini kuchaytiruvchi qip-qizil, yam-yashil, dum-dumaloq, kuppa-kunduzi, to‘ppa-to‘g‘ri, bab-barobar kabi so‘z shakli chiziqcha bilan yoziladi (lekin oppoq so‘zi qo‘shib yoziladi).

3. So‘zning -ma, ba- yordamida birlashgan qismi chiziqcha bilan yoziladi: ko‘chama-ko‘cha, uyma-uy, rang-barang, dam-badam kabi. Lekin mustaqil ishlatilmaydigan qism qatnashsa, bunday so‘z qo‘shib yoziladi: ro‘baro‘, darbadar kabi.

4. Rus tilidan aynan yoki so‘zma-so‘z tarjima qilish yo‘li bilan olingan so‘z asliga muvofiq chiziqcha bilan yoziladi: unter-ofitser, kilovatt-soat kabi.

5. -chi, -a (-ya), -ku, -u (-yu), -da, -e, -ey (-ey) yuklamasi chiziqcha bilan yoziladi: sen-chi, boraylik-chi, sen-a, kutaman-a, bola-ya, mingta-ya, keldi-ku, kelgan-u, yaxshi-yu, yaxshi-da, qo‘y-e, yashang-e, o‘g‘lim-ey, keldi-ey kabi. Ammo -mi, -oq (-yoq), -ov (-yov), -gina (-kina, -qina) yuklamasi o‘zidan oldin kelgan so‘zga qo‘shib yoziladi: keliboq, o‘ziyoq, ko‘rganov, ko‘rdiyov, mengina, qo‘shiqqina kabi.

6. Tartib son arab raqami bilan yozilsa, -nchi qo‘shimchasi o‘rniga chiziqcha (-) qo‘yiladi: 7- sinf, 5-„A» sinfi, 3-, 7-, 8- sinf o‘quvchilari, 60- yillar, 1991- yilning 1- sentabri kabi. Tartib sonni ko‘rsatuvchi rim raqamidan keyin chiziqcha yozilmaydi: XX asr, X sinf kabi.

Farqlash (differensiyalash) yozuvi talaffuzda birbiridan aniq farqlanmaydigan yoki o‘zaro farqi deyarli sezilmaydigan darajaga kelib qolgan so‘z yoki qo‘shimcha yozuvda maxsus qoida bilan ajratilib yozilishi farqlash yozuvi deyiladi. Bu yozuv kam qo‘llanadi. Ayrim misol: 1) o‘zaro yaqin, shakldosh so‘zlar yozuvda (tutuq) belgisi yordamida farqlab qo‘llanadi: da’vo – davo, nash’a – nasha, she’r – sher, sur’at – surat, ta’qib – taqib; 2) ba’zi shakldosh so‘zlar talaffuzda urg‘u yordamida farqlanadi. Imloda bunday so‘zlarga urg‘u belgisi qo‘yiladi: atlas (karta) – atlas (mato), banda (shayka) – banda (qul);3) liq/lik qo‘shimchasi: bo‘shlik – yuvosh, (ot) bo‘shliq – fazo (ot), otalik – otaliq; 4) lik/li qo‘shimchasi: paltoli – paltolik;5) chang/chanqo‘shimchasi: mahsichang – ishchan.

Finikiya yozuvieramizdan avvalgi 2-ming yillik o‘rtalaridaFinikiyada paydo bo‘lgan hamda finikiyaliklar va karfagenliklar, qadimgi yahudiylar va moavliklar tomonidan eramizning IV asrigacha qo‘llangan undosh harfli yozuv.

Finikiya yozuvio‘ngdan chapga qarab yozilgan. Bu yozuvning paydo bo‘lishi insoniyat tarixida yozuvni takomillashtirishda olg‘a qo‘yilgan qadam bo‘lgan, chunki birinchi marta sof tovushni ifodalovchi mukammal yozuvining yuzaga kelishi savodli kishilar sonini behad ko‘paytirib yuborgan. Finikiya yozuvidan X–IX asrlarda oromiy, undan esa yahudiy, nabotiy, arab, gruzin, arman, so‘gd, uyg‘ur, XI–VIII asrlarda yunon, lotin, kirill alifbosi, brahma yozuvi kelib chiqqan. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi harf-tovush tizimli alifbolarning aksariyati finikiya yozuvi asosida. Eng qadimgi yodgorliklari eramizdan avvalgi XII–X asrlarga, ko‘pchiligi eramizdan avvalgi V asrdan eramizning II–III asriga mansub. Oromiy yozuvi finikiya yozuvini siqib chiqargan.

 

Fonetik yozuv (tamoyil, prinsip) – o‘zakka qo‘shimcha qo‘shilganda yuz beradigan tovush o‘zgarishini yozuvda aynan aks ettirish, ya’ni qanday aytilsa, shunday yozish – fonetik yozuv. Mas., ong o‘zagidan la affiksi bilan yasalgan so‘z ongla emas, angla shaklida beriladi, ya’ni o‘zakdagi o o‘rniga a talaffuz qilinar ekan, u xuddi shunday yoziladi. Ishla negizidan yasalgan ishlovchiso‘zida a o‘rniga o yoziladi.

Fonetik yozuv orfografiyani jonli talaffuzga yaqinlashtiradi. Yozuv va talaffuzda ma’lum darajada umumiylik saqlanadi.

Nutqda tushdi so‘zi tushti, tushgan so‘zi tushkan tarzida talaffuz qilinadi. Lekin bunday yozilmaydi. Ba’zan so‘z oxirida bir undosh tushirilib aytiladi: Samarqan, xursan, pas kabi. Ammo bu holat yozuvda aks etmaydi. Bunday so‘z boshqa tamoyilga bo‘ysunadi. (q. Morfologik yozuv).

Fonetik yozuv asosida yoziladigan o‘zak va qo‘shimchalar quyidagilar: 1. Bir bo‘g‘indan iborat o tovushli yopiq bo‘g‘inli ba’zi o‘zakka -a qo‘shilib yasalganda, o tovushi a tovushiga aylanadi: ong – angla, ot – ata, son – sana, yosh – yasha kabi. 2. Keyingi yopiq bo‘g‘inda i yoki u unlisi bo‘lgan ikki bo‘g‘inli ba’zi negizga a yoki obilan boshlangan qo‘shimcha qo‘shilganda keyingi bo‘g‘indagi i, u unlisi aytilmaydi va yozilmaydi: ulug‘ – ulg‘aymoq, sariq – sarg‘aymoq, og‘iz – og‘zaki, ikki – ikkov, olti – oltov kabi. 3. Keyingi yopiq bo‘g‘inda i yoki u unlisi bo‘lgan ikki bo‘g‘inli ba’zi negizga egalik shakli qo‘shilsa, keyingi bo‘g‘indagi i, u unlisi aytilmaydi va yozilmaydi: og‘iz – og‘zi, burun – burni, o‘g‘il – o‘g‘li. 4. K yoki q undoshi bilan tugagan ko‘p bo‘g‘inli o‘zak-negizga egalik shakli qo‘shilsa, ktovushi g, q tovushi g‘ tarzida aytiladi va yoziladi: istak – istagim, qishloq – qishlog‘im kabi. 5. Kishilik olmoshining birinchi va ikkinchi shaxs birligiga -ning, -ni, -niki qo‘shimchasi qo‘shilsa, yonma-yon kelgan ikki n tovushidan biri aytilmaydi va yozilmaydi: menning emas, mening, senning emas, sening kabi. 6. Ko‘rsatish olmoshidan u, bu, shu o‘zagiga -ga, -da, -day affiksi qo‘shilsa, bir n tovushi orttiriladi va shunday yoziladi: unga, undan, bunga, shunday kabi. 7. Undosh s, t, ch tovushi bo‘lgan isi, qot, achi kabi fe’l o‘zagiga -q qo‘shilib sifat yasalganda, o‘zakdagi undosh takrorlanadi: issiq, qattiq, achchiq kabi.

Fonetik yozuv asosida yoziladigan qo‘shimchaning ayrimi ikkitadan yettitagacha fonetik shaklga ega. Bu o‘zak-negiz va qo‘shimcha tarkibida k, g, q, g‘ undoshining mavjudligiga bog‘liq: 1. Ikki shaklda yoziladigan qo‘shimcha: -il, -l: yozildi, qurildi, o‘qildi, tarqaldi; -in, -n: kiyin, taran; -iy, viy: ijodiy, oilaviy. 2. Uch shaklda yoziladigan qo‘shimcha: -ga, -ka, -qa: quyoshga, o‘simlikka, xalqqa; -gan, -kan, -qan: uchgan, tikkan, boqqan; -gach, -kach, -qach: singach, to‘kkach, oqqach. 3. To‘rt shaklda yoziladigan qo‘shimcha: -gich, -kich, -g‘ich, -qich: suzgich, chekkich, qirg‘ich, bosqich; -chak, -choq, -chiq, -chik: kelinchak, maqtanchoq, sirg‘amchiq, o‘rgamchik; 4. Olti shaklda yoziladigan qo‘shimcha: -gi, -ki, -gu, -g‘u, -g‘i, -qi: sevgi, turtki, ezgu, cholg‘u, yoqilg‘i, tashqi; 5. Yetti shaklda yoziladigan qo‘shimcha: -gin, -kin, -gun, -kun, -g‘in, -qin, -g‘un, -qun: tizgin, keskin, surgun, tushkun, ozg‘in, uyg‘un, uchqun. Demak, fonetik yozuv imloni talaffuzga moslaydi.

Fonografik yozuv – ilgari ayrim bo‘g‘inni, keyinroq ayrim tovushni biror belgi bilan ifodalovchi alifbo. Fonetik yozuvning kelib chiqishi qadimgi finikiya yozuvi bilan bog‘langan.

Xalqlar fonetik yozuvni tiliga moslab, o‘ziga xos shaklini yaratib olgan: yunon, lotin, arman, gruzin, slavyan, arab yozuvi va uning ayrim o‘zgargan turi kabi. Qadimgi yozuv tosh, suyak, yog‘och, qamish kabi qattiq jismga, so‘ngra pergament va keyinchalik qog‘ozga yozilgan. Yozuv o‘ngdan chapga, chapdan o‘ngga yoki yuqoridan pastga qarab o‘qiladi.

Ideografik yozuv – (yunonchaidea – tushuncha), shuningdek, logografik yoki ieroglifik deb ham ataladi. Qadimgi yahudiy, shumer, xitoy, astek va mayya qabilalarining yozuvi ideografik yozuv namunasi.

Ideogrammalar, asosan, muayyan tushunchani ifodalovchi rasm (piktogramma)lar asosida shakllandi. Chunonchi, yahudiy va shumer mix xatlarida tog‘ tushunchasi – orasidan vodiy va jarlik o‘tuvchi ikki tog‘ tasviri orqali, suv – to‘lqinlarni eslatuvchi to‘lqinsimon chiziq bilan bildirilardi. Quyosh tushunchasi shumer yozuvida xitoy ideogrammasi kabi ichida nuqtali doira (Ο) shaklida ifodalangan. Ideogrammaning piktogrammadan kelib chiqqanligini qadimgi xitoy yozuvi yaqqol ko‘rsatib turadi. Eng qadimgi logografik yozuv tizimlari (misr ieroglifikasi, xitoy ieroglifikasi, shumer va boshqalar.) mil. av. 4- ming yillikning oxiridan 2- ming yilliklarning boshlarigacha bo‘lgan davrda shakllangan. Hozirgi kunga qadar eng turg‘un va keng tarqalgan ideografik yozuv xitoy yozuvi, bunga Xitoy tarixi va xitoycha so‘zning bir bo‘g‘inlilik tabiati asosiy omil bo‘lib xizmat qilgan. XV asrdayoq In’ qabilalari rivojlangan yozuv tizimiga ega edi. Biroq, davlat bo‘lib birlashish va ierogliflarning sistematizatsiyasi (tizimga solinishi) Xitoyning Sin va asosan Xan sulolalari davrida siyosiy markazlashuvi davomida sodir bo‘ldi. Syuy Shen I–II asrlarda “Shoven szeszi” (“Elementlar va murakkab belgilar haqida”) degan xitoycha ieroglif jadvalini yaratdi: bunda 10,5 ming ieroglif ko‘rsatilgan.

Kirill yozuvi– qadimgi slavyanlarning ikki alifbosidan biri (ikkinchisi – glagolitsa). Kirill yozuviatamasi xristianlikning slavyanlar orasidagi targ‘ibotchisi Kirill nomi bilan bog‘liq. Kirill yozuviyunonlarning unsial yozuvi asosida paydo bo‘lgan. Slavyanlardagi tovushlarni ifodalash uchun mazkur yunon yozuvida harflar yetishmas edi. Glagolitsa bilan bog‘liq holda bu tovushlar uchun maxsus belgilar yaratiladi.

Kirill yozuvining qadimiy ko‘rinishlari qabrtosh xatlari, turli yorliqlar asosida yetib kelgan. Dastlab provaslav slavyanlar, keyinchalik ruminlar (XIX asrgacha) qo‘llagan. Rossiyada 1708-yil Petr I farmoyishiga ko‘ra, bosma kirill yozuvibekor qilinib, bolgar, belorus, rus, serb, ukrain yozuvlari slavyan kirill yozuviasosida yaratilgan. Ko‘pgina xalqlar rus tilida amalda bo‘lgan Kirill yozuviga o‘zgartirishlar kiritib, o‘z yozuvlarini belgilagan.

1940yil 8may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidiumi lotin alifbosidan kirillitsa (rus) alifbosiga o‘tish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Qarorda ish yuritish va vaqtli matbuot yangi alifboga o‘tishi va I, II, III sinfda yangi alifboni o‘qitish 1940yil 1sentabrdan boshlanishi hamda yangi alifboga o‘tish 2 yil ichida – 1942yil 1yanvargacha tugallanishi zarurligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Shunday qilib, deyarli hamma respublika va viloyat (o‘zining qadimgi an’anaviy alifbosi bo‘lgan Gruziya, Armaniston, Boltiqbo‘yi respublikasidan tashqari) yangi alifboga o‘tdi.

1926yil 10iyunda O‘zbekiston Sovetlar Ijroiya Komiteti lotin alifbosiga o‘tish to‘g‘risida Qaror qabul qildi. Qarorga asosan «Yangi o‘zbek alifbosini joriy qilish qo‘mitasi» tuzilib, unga Y.Oxunboboyev rais, A.Ikromov, F.Xo‘jayev, Elbek, Majidiy, Fitrat va boshqalar a’zo bo‘ldi. O‘zbekiston Markaziy Ijroiya Komitetining 1928 yil mart oyidagi III sessiyasi lotin alifbosini joriy qilishni ko‘rib chiqib, uni davlat alifbosi deb qaror qabul qildi. Sobiq Sho‘ro Markaziy Ijroiya Komiteti Prezidiumi bu Qarorni 1929 yil 7 avgust kuni maxsus qarori bilan ma’qulladi. 1929yil may oyida o‘tkazilgan imlo qurultoyida 9 unli shakli olingan bo‘lsa-da, 1934yil mart oyida o‘tkazilgan imlo qurultoyi 6 unlining harf shaklini belgiladi. 1993 yil 2 sentabrda bo‘lib o‘tgan Respublika Oliy Kengashi «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy qilish to‘g‘risida» qaror qabul qildi. 1995 yil 6–7- mayda Oliy Kengash bu alifboga ma’lum o‘zgarish kiritdi va shu yil 24- avgustda «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash» haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga Respublika Prezidenti imzo chekdi. 1996–1997 o‘quv yilidan maktabning 1sinfi yangi alifboni o‘rgana boshladi. Yangi o‘zbek alifbosiga o‘tish 2005 yil 1sentabrda tugallanishi ko‘rsatilgan. Keyinchalik bu 2010- yilgacha uzaytirildi. O‘zbekiston Respublikasining rus (kirillitsa) alifbosidan lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tishida dunyo fani va texnikasiga yaqinlashish, o‘zbek tilining nozik xususiyatini to‘laroq ifodalash asosiy maqsad qilib qo‘yildi.

 

Morfologik yozuv (tamoyil, prinsip)– o‘zakka qo‘shimcha qo‘shilganda yuz beradigan tovush o‘zgarishini inobatga olmay yozishga asoslangan imlo tamoyilidan biri. Mas., uchta so‘zi ushta, kelib turibdi so‘zi kep turibti tarzida aytiladi. Ammo ular asliga muvofiq uchta, kelib turibdi tarzida yoziladi. Yoki lar qo‘shimchasining la, lor, nor holida aytilishiga qaramay, asl holati yoziladi. Fe’lning noaniq shakli moq qo‘shimchasi og‘zaki nutqda mak aytilsa ham, moq yoziladi. Hozirgi orfografiya talabi bo‘yicha qo‘shimchaning deyarli hamma shakli morfologik yozuv bo‘yicha yoziladi: egalik affiksi: im, ing, i, kelishik affiksi: ning, ni, da, dan, so‘z yasovchi ham turlicha aytilishidan qat’i nazar imloda o‘zining asl morfologik shaklini saqlaydi. Morfologik yozuv so‘z va morfemani adabiy tilda yagona shaklda saqlash va yozishga ko‘maklashadi, yozuvda bir xillikni ta’minlaydi. (q. Fonetik yozuv).

 

Piktografik yozuv(piktus – chizilgan, graphe – yozaman) – fonografik yozuvdan oldingi yozuv turi. Biror axborotni rasm, rasmlar ketma-ketligi asosida uzatish vositasi. Amerika indeyslari, Tropik Afrika xalqlari, Avstraliya va Okeaniya tub aholisi, Sibirdagi ayrim elatlar (ykagir, nanay va boshqalar.) orasida tarqalgan va hatto XX asrgacha amal qilib kelgan. Ildizlari paleolitga (ayrim olimlarning fikricha, neolitga) mansub. Paleolit davridagi suratlar bilan piktografik yozuvorasiga chegara qo‘yish mumkin. Piktografik yozuvbelgilari (piktogrammalar) fonetik yozuv belgilaridan shunisi bilan farq qiladiki, ular aniq til birligiga bog‘liq emas va ular istalgan tilda istalgancha talqin qilinadi: bir piktogramma muayyan bir so‘z, uning sinonimi, so‘z birikmasi, bir necha ma’noga ega bo‘lgan bir yoki bir necha gap tarzida o‘qilishi mumkin.

Piktogrammalar tipologik jihatdan 2 ga: tasvirlanayotgan tushuncha yoki predmetlar bilan bog‘langan (mas., oy belgisi oyni, tunni, qorong‘ulikni anglatadi) va bog‘lanmagan (obyekt bilan aloqasi bo‘lmagan, ramziy, shartli) piktogrammalarga ajraladi. Piktografik axborot birgina murakkab belgidan yoki bir nechta sodda piktogrammalarning qat’iy ketma-ketligidan iborat bo‘lishi mumkin.

Piktografik yozuvda piktogrammaning obyektdan uzila borishi natijasida iyeroglifik hamda fonografik yozuv kelib chiqqan.

Hozirgi madaniy rivojlangan jamiyatda piktografik yozuvning ayrim ko‘rinishlari saqlanib qolgan (xaritalardagi shartli belgilar, yo‘l harakati ko‘rsatkichlari va. h.).

 

Qo‘shib yozish– 1995- yil 24- avgustda qabul qilingan “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari”ning 38–50- paragraflarini o‘z ichiga oluvchi, so‘zlarni qo‘shib yozishhaqidagi imlo qoidasi to‘plami.

Quyidagi hollarda birliklar qo‘shib yoziladi: 1. Xona, noma, poya, bop, xush, ham, baxsh, kam, umum, rang, mijoz, sifat, talab kabi so‘z yordamida yasalgan qo‘shma ot va qo‘shma sifat: qabulxona, tabriknoma, taklifnoma, bedapoya, ommabop, xushxabar, hamsuhbat, orombaxsh, kamquvvat, bug‘doyrang, umumxalq, sovuqmijoz, devsifat, suvtalab kabi. 2. -(a)r (inkori -mas) qo‘shimchasi bilan tugaydigan qo‘shma ot va qo‘shma sifat: o‘rinbosar, otboqar, cho‘lquvar, ishyoqmas, qushqo‘nmas kabi. 3. Takror taqlid so‘zga qo‘shimcha qo‘shish bilan yasalgan ot va fe’l: pirpirak (pir-pir+ak), hayhayla (hay-hay+la), gijgijla (gij-gij+la) kabi. 4. Narsani (predmetni) boshqa biror narsaga nisbatlash (qiyoslash), o‘xshatish yo‘li bilan bildiruvchi qo‘shma ot va qo‘shma sifat: karnaygul, qo‘ziqorin, otquloq, oybolta, devqomat, sheryurak, bodomqovoq, qirg‘iyko‘z kabi. 5. Narsani uning rangi, mazasi, o‘zidagi biror narsasi va shu kabi belgisi asosida bildiruvchi qo‘shma ot: olaqarg‘a, qizilishton, achchiqtosh, mingoyoq kabi. 6. Narsaning biror maqsad, ish uchun mo‘ljallanganligini bildiruvchi qo‘shma ot: kirsovun, qiymataxta, tokqaychi, oshrayhon, ko‘zoynak molqo‘ra, nosqovoq kabi. 7. Narsani joyga nisbat berish asosida bildiruvchi qo‘shma ot: tog‘olcha, cho‘lyalpiz, suvilon, qashqargul kabi. 8. Marosim, afsona kabini bildiruvchi qo‘shma ot: kiryuvdi, kelintushdi, qoryog‘di, Urto‘qmoq, Ochildasturchon kabi. 9. Qaratuvchili birikmaning bir so‘zga aylanishi bilan yuzaga kelgan qo‘shma ot: mingboshi, so‘zboshi, olmaqoqi kabi. 10. Ikkinchi qismi turdosh ot bilan yoki obod so‘zi bilan ifodalangan joy nomi: Yangiyo‘l, To‘rtko‘l, Mirzaobod, Xalqobod kabi. Lekin ikkinchi qismi atoqli ot bo‘lgan joy nomi ajratib yoziladi: O‘rta Osiyo, Ko‘hna Urganch, O‘rta Chirchiq kabi. 11. Rus tilidan aynan o‘zlashtirilgan yoki so‘zma-so‘z tarjima qilish yo‘li bilan hosil qilingan qo‘shma so‘z: kinoteatr, radiostansiya, fotoapparat, elektrotexnika, teleko‘rsatuv, yarimavtomat, bayramoldi, suvosti kabi. 12. Qisqartmaning barcha turi va ularga qo‘shiladigan qo‘shimcha: SamDU, ToshDUning kabi. Lekin yonma-yon kelgan ikki qisqartma ajratib yoziladi: O‘zXDP MK (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi) kabi. 13. Bir tovush ikki yoki undan ortiq tovush tarzida aytilsa, bunday holat harfni takror yozish bilan ko‘rsatiladi: yo‘o‘q, nimaa, himm, ufff kabi

V–VIII asrlardavomidaturkiyxalqlarO‘rxun-Yeniseynomliyozuvdankengfoydalangan. Bu yozuv ba’zan runik yozuvi deb ham yuritiladi. Yenisey daryosi havzasidan topilgan O‘rxun yozuvi yodgorliklari haqida dastlab XVIII asrning boshlarida rus xizmatchisi Remezov degan kishi xabar berdi. Keyinroq shved ofitseri Iogann Stralenberg shu daryo havzasida noma’lum yozuvli tosh borligini qayd etadi. Buhaqdaolim Messershmidthamo‘zasarlaridama’lumotberibo‘tadi. Ammo uzoq vaqt davomida olimlar bu yodgorliklarni o‘qishga, uning qaysi xalqqa tegishli yodgorlik ekanligini aniqlashga muvaffaq bo‘la olmadi.      XIX asrning birinchi choragida «Sibirskiyvestnik» («Sibir axboroti») jurnalida Grigoriy Spasskiyning Yenisey yodgorliklari haqidagi maqolasi bosildi. Bu maqola lotin tiliga tarjima qilinib, ko‘p mamlakatlarning olimlariga ma’lum bo‘ldi. Lekin turli mamlakat olimlari uni turlicha talqin qila boshladi. 1890-yilda Fin-Ugor ilmiy jamiyati O‘rxun daryosiga arxeologik ekspeditsiya uyushtirdi. 1891-yil esa Rossiya Fanlar akademiyasi akademik V.Radlov boshchiligida O‘rxunga katta ekspeditsiya yubordi. 1892-yilda bu ekspeditsiyaning ish natijalari ikkita atlas holida nashr qilinib, ularda noma’lum yozuv yodgorliklarining surati, ular topilgan joylarning xaritasi va boshqa ma’lumotlar berilgan edi. Yodgorliklarni birinchi bo‘lib daniyalik olim V.Tomsen o‘qishga muvaffaq bo‘ldi. U bu yodgorliklarni o‘qishda turli alfavitlarga tayanmay, ishni harflarning o‘zaro nisbati va o‘xshashliklarini aniqlashdan boshladi. Turkiy tillardagi ba’zi bir tovushlarning qator kelish/kelmaslik holatini aniqlab, uni yodgorlikka solishtirib ko‘rdi. Olim yodgorlik yozuvini chapdan-o‘ngga qarab emas, balki o‘ngdan chapga qarab o‘qish kerakligini aniqladi. V.Tomsen birinchi bo‘lib turk so‘zini o‘qib, mazkur yodgorlik turkiy xalqlarga tegishli degan xulosaga keldi. 1893-yilning 25-noyabrida deyarli barcha harflarni aniqlab, yodgorliklarning «siri»ni ochdi. Bu orada akademik V.Radlov ham 15 ga yaqin harfni aniqlab ulgurgan edi. V. Radlov o‘zining va V.Tomsenning kashfiyotiga tayanib, O‘rxun daryosi atrofidan topilgan bir necha yodgorlik matnini birinchi bo‘lib tarjima qildi. Demak, daniya olimi V.Tomsen ikki so‘zni oldin o‘qigan bo‘lsa-da, ayni bir vaqtda rus olimi V.Radlovning ham bu yozuvlarini o‘qishda xizmati katta. Shunga ko‘ra, ushbu yozuvni birinchi bo‘lib o‘qish va izohlab berish sohasida har ikki olimning xizmati ham bir xil. Keyinchalik O‘rxun-Yenisey yozuvining yangi-yangi yodgorliklari topildi, o‘rganildi va aniqlandi. Umuman, O‘rxun-Yenisey yodgorliklarini tekshirish va o‘rganishda V.Tomsen, V. Radlov, P. Melioranskiy, A.Geykel, S.Malov kabi rus va chet el olimlarining xizmati juda katta. Hozirgi vaqtda ham bu yozuv o‘rganilmoqda.

O‘rxun-Yenisey yodgorliklariga xos ayrim leksik birlik va grammatik shaklni hozirgi o‘zbek, uyg‘ur, ozarbayjon, qirg‘iz, qozoq, turkman, qoraqalpoq, tatar, boshqird, qorachoy, bolqar va boshqa turkiy tillarda uchratish mumkin. Shunga ko‘ra, S.Malov ta’kidlaganidek, bu yodgorliklar ko‘pchilik turkiy tillar tarixini o‘rganishda mushtarak bir manba sifatida juda katta ahamiyat kasb etadi. Qisqasi, O‘rxun-Yenisey yozuvi turkiy xalqlarning eng katta madaniy yodgorliklaridan. Ayni vaqtda ushbu yozuv turkiy xalqlarning jahon xalqlari orasida eng qadimiy va yetuk madaniyatga ega bo‘lganligidan dalolat beradi.

O‘rxun-Yenisey yozuvi turkiy xalqlar uchun ham tarixiy, ham siyosiy, ham madaniy jihatdan beqiyos darajada katta ahamiyatga ega.

 

 

Shakliy (etimologik yoki grafik) yozuv – o‘zlashgan so‘zning qadimgi kelib chiqish holatini yoki shaklini saqlab qolib yozishga asoslangan imlo tamoyili. Boshqacha qilib aytganda, yozuvda o‘zlashgan so‘zning shakli saqlanadi. Mas., maoniy, mutolaa, mushoira, muammo, va’da, she’rkabi so‘z ham bu yozuv asosida yozilgan. Rus tilidan o‘zlashgan spravka, aeroflot, shtamp, shtraf, zoologiya kabi so‘z shakliy yozuv asosida yozilmoqda. Shunisi muhimki, o‘zbek tili talaffuzi uchun qiyin bo‘lgan ba’zi baynalmilal so‘z hozirgi orfografiya qoidasi bo‘yicha istisno tarzida tilimizning talaffuz xususiyatiga moslab yoziladi va talaffuz qilinadi. Bunga kiosk – kioska, propusk – propuska, otpusk – otpuskakabi so‘z misol bo‘la oladi. Bu tip so‘z ba’zan o‘z holicha ham yozilmoqda: bank, tank, disk kabi.

Ayni vaqtda orfografiya tamoyili orasida uzviy aloqa ham mavjud. Oilaviy, Navoiy kabi so‘zning oxiridagi viy, iy qo‘shimchasi tarixiyan’anaviy yozuvga ham, shakliy yozuvga ham mos keladi. (q. Orfografik tamoyillar).

So‘g‘diy yozuvda, asosan, eron tilida matn yozilgan. Tojikistonning Zahmatobod tumani Xayrobod qishlog‘idan topilgan so‘g‘diy yozuvdagi 74 hujjatdan bittasigina turkiy tilda yozilgan.

So‘g‘d yozuvi I–IX asrlarda mavjud bo‘lgan oromiy yozuvi asosida shakllangan harf (tovush) yozuvi. Oromiy yozuvi asosidagi suryoniy yozuviga yaqin turadi. Zarafshon daryosining vodiy va yuqori oqim qismlarida joylashgan So‘g‘d (So‘gdiyona) viloyatida qo‘llangan.

22–23 undoshni ifodalovchi belgidan iborat, barcha xususiyati bilan oromiy yozuvini eslatadi. IV asr boshlarida ayrim harf belgilari chiqib ketishi natijasida umumiy soni 17 ta bo‘lib qolgan. VII asrlarda yozuvning qiya shakli paydo bo‘lishi bilan u murakkablashib qolgan va, natijada, qo‘shimcha diakritik belgilar kiritilishiga olib kelgan.

VI asrlardan boshlab bu yozuv harflarning vertikal joylashgan ko‘rinishi ham paydo bo‘lgan. Bunda vertikal satrlar chapdan o‘ngga qarab joylashgan. Bu shakl devor va qoyalarga yozilgan.

So‘g‘d yozuvining eng qadimgi namunasi (I asr) Samarqand shahri yaqinidagi Talli Barzu tepaligidan topilgan. So‘nggi namunasi VIII–IX, asosiy qismi IV–VIII asrga mansub. 1933- yilda topilgan Mug‘ qal’asi xarobasidan yodgorlik hujjati buning yorqin namunasi. XX asrda bu yozuvdagi yodgorliklarning ko‘pi Sharqiy Turkistondan topilgan. Mas., 808–821- yillarda hukmronlik qilgan hoqonlardan biri sharafiga uch til (so‘g‘d, qadimgi turk va xitoy) da bitilgan qabr toshi – muhim hujjatlardan biri. Yodgorliklarning aksariyati Sankt-Peterburg, London, Parij va Berlin muzeylarida saqlanadi.

Barcha hujjatlarda so‘g‘d adabiy tili me’yorlari, uslubi yaqqol seziladi.

So‘g‘d yozuvirun, uyg‘ur yozuvi uchun asos bo‘lgan.

 

Suryoniy yozuvi Mesopotamiyada paydo bo‘lgan, VII-VIII asrda Markaziy Osiyoda nasroniy (xristian) mazhabi bilan kirib keldi. Bu yozuv XV asrgacha qo‘llandi.

Suryoniy yozuvi– undoshli finikiy-oromiy yozuvi. Finikiy yozuvi kabi 22 belgidan iborat ko‘pgina klassik yozuvlar singari (mas., arab) imlosi kabi o‘ngdan chapga qarab qo‘shib yoziladi. Suryoniy yozuviI asrdan boshlab adabiy oromiy lahjalardan bo‘lgan suryoniy tili uchun qo‘llana boshlagan. Bu yozuvning asosiy ko‘rinishlaridan biri estrangelo deb yuritiladi. 430- yilda Suriya cherkovining ikkiga bo‘linishi natijasida g‘arbiy suryoniy (yakovit yoki serto) va sharqiy suryoniy (nestorian) yozuvlari. Nestorian yozuvi Markaziy Osiyo va Xitoyga ham tarqalgan.

Suryoniy yozuviga VII–VIII asrlardan unlilarni ifodalovchi satr ustu va satr osti belgilari kiritilgan. Tinish belgilar ham qo‘llangan. 1840- yilda nestorian asosida yangi yozuv turi yaratilib, u Eron va Iroqda, shunigdek, Turkiyada yashaydigan ossuriylarda qo‘llana boshlagan.

Tarixiyan’anaviy yozuvso‘zning hozirgi talaffuz me’yoriga mos kelmasa-da, qadimdan o‘zlashib qolgan shaklda yozishga asoslangan imlo tamoyili.Boshqacha aytganda, so‘z hozirgi holatiga ko‘ra emas, balki an’ana tusiga kirib qolgan qoidaga ko‘ra yoziladi: Chor Rossiyasi(asli sar),pudratchi (aslipodryadchik), tamagir (asli ta’magir), taqiqlamoq (asli ta’qiqlamoq) kabi. Hozirgi orfografiyada tarixiyan’anaviy yozuvasosida yoziluvchi ba’zi shakl quyidagilar: 1. Buyruqistak mayli eski adabiyotimizda qo‘llanib kelgan an’anaga ko‘ra, she’riyat va nasr tilida ba’zan gil, g‘il tarzida ishlatiladi: borgil // borg‘il. 2. Maqsad ma’nosini anglatuvchi gani shaklining gali, g‘ali, kali, qali shakllari. 3. Hozirgikelasi zamon sifatdosh shaklini yasovchi ur shakli:

Yulduzlar o‘tiga bardosh berurman

Fazolar taftiga qilurman toqat.  (A.Orip.)

4. mu so‘roq yuklamasi:

Sevgini tortib bo‘lurmu

Toshu tarozi bilan.    (E.Voh.)

 

 

Uyg‘ur yozuvi – so‘g‘d yozuvi asosida kelib chiqqan, arab va runiy yozuvidan farqli o‘laroq, unli tovushi ayrim harf bilan ko‘rsatilgan yozuv turi. Sharqiy Turkistondagi turkiyzabon xalqlar foydalangan harf-tovush yozuvi.

Harflar bir-biriga qo‘shib yoziladi. Shuning uchun har bir harfning uchtadan shakli: so‘z boshida, o‘rtasida va oxirida qo‘llanadigan shakllari bo‘ladi. Mahmud Koshg‘ariy bu alifboni “turk yozuvi” deb ataydi. Unda 18 ta harf borligini ta’kidlaydi. A.Rustamov a harfi ustiga bitta nuqta qo‘yish orqali hosil bo‘ladigan n harfini ham qo‘shadi. Ana shu 19 ta harf 8 ta unli va 20 undosh tovushni ifodalaydi.Uyg‘ur yozuvida harflar vertikal chiziq bo‘ylab yuqoridan pastga qarab yozilgan, yozuv ustunlari esa, chapdan o‘ngga yo‘nalgan. Harfning so‘zdagi o‘rniga qarab tegishli o‘rinlarda alohida shakllari qo‘llangan.

Uyg‘ur yozuvida yaratilgan yozma yodgorliklar qadimgi turkiy tilni o‘rganish uchun muhim manba sifatida ahamiyatli. Ularning eng qadimgisi (“Xuastuanift”) V asrga oid bo‘lsa, “Oltun yoruq” X asrga oid. Sharqiy Turkistondan – Turfondan X–XIII asrlarga oid 28 ta yuridik hujjatlar topilgan. Mashhur “Qutadg‘u bilig» (XI asr) asarining bitta nusxasi (Vena) ham uyg‘ur alifbosida yozilgan.

Uyg‘ur yozuvi Chingizxon va temuriylar davrida ham keng qo‘llangan. S.Y.Malovning qayd qilishicha, Sharqiy Turkistonda uyg‘ur yozuvi XVII asrning oxiri-XVIII asrning boshiga qadar iste’molda bo‘lgan.

Uyg‘ur yozuviIX–XIII asrda budda diniga sig‘inuvchi turkiy qabilalar o‘rtasida keng tarqalgan. Keyinchalik bu yozuv arab yozuviga o‘z o‘rnini bo‘shatib bergan.

Yozuv fikrning tashqi ifodasi. U orqali kishi o‘z fikrini birbiriga bildiradi, avlodlarga qoldiradi. Yozuv orqali oldin o‘tgan voqea, shaxs, ilm va urf-odat to‘g‘risida ma’lumot olib, madaniyat, fan, ijtimoiy hayotda bo‘lgan voqeadan voqif bo‘lamiz.

Dastlabgi yozuv rasm orqali (bu xil yozuv piktografik: «piktus» – «chizilgan», «graphe» – «yozaman» demakdir) bo‘lgan. Bunda har bir rasm (yoki narsa) biror ma’no ifodalagan (quyosh – kunduzni, oy – tunni, toshbaqa – baxtni kabi).

Yozuvning keyingi davri – ideografik yozuvdir (yunoncha «idea» – «tushuncha», «graphe» – «yozaman»). Bunda bir yoki bir guruh tushuncha uchun bir xil ramziy shakl olinadi. Mas., ko‘z – O, asir – O, daraxt – J, oy – C kabi.

Piktografik va ideografik (uning birinchi bosqichi logografik – «so‘z + yozaman») yozuv ancha murakkab, minglab shaklni chizish va uning mazmunini bilishni talab etgan. Shuning uchun kishilar yozuvning yangi bosqichi – fonografik yozuvga – avvalo ayrim bo‘g‘inni, keyinroq ayrim tovushni biror belgi bilan ifodalash usuliga o‘tgan. Fonetik yozuvning kelib chiqishi qadimgi finikiya yozuvi bilan bog‘langan.

Xalqlar fonetik yozuvni tiliga moslab, o‘ziga xos shaklini yaratib olgan: yunon, lotin, arman, gruzin, slavyan, arab yozuvi va uning ayrim o‘zgargan turi kabi.

Qadimgi yozuv tosh, suyak, yog‘och, qamish kabi qattiq jismga, so‘ngra pergament va keyinchalik qog‘ozga yozilgan. Yozuv o‘ngdan chapga, chapdan o‘ngga yoki yuqoridan pastga qarab o‘qiladi.

            O‘zbek yozuvi tarixi.Markaziy Osiyo turkiy xalqlari, jumladan, o‘zbek xalqi qadimdan yuksak madaniyatli xalq sifatida dunyoga tanilgan. Arab istilosiga qadar, Movarounnahrda run, turkiy (uyg‘ur), so‘g‘d, moniy va braxma, suryoniy yozuvi qo‘llangan.

Diniy mazmundagi asar braxma, suryoniy yoki moniy yozuvida, rasmiy hujjat runiy, turkiy (uyg‘ur) yoki so‘g‘d yozuvida yozilgan. Shu bilan birga, bu yozuvning qo‘llanishi ma’lum hudud, davr va xalq bilan ham bog‘liq bo‘lgan edi.

Qayd etilgan yozuvlarda bitilgan ko‘p yozma yodgorlik hozirgacha saqlanib keladi. Runiy yozuvda – O‘rxunEnasoy (ba’zi adabiyotda dulbarchin) tosh bitiklari, turkiy (uyg‘ur) yozuvida (uni Mahmud Koshg‘ariy va Ibn Arabshoh «turkcha yozuv» deb nomlaydi) – qadimgi turkiy yodnoma (VII–X asr): «Oltin yorug‘», «Maytri simit», budda va xristian diniga oid yodnoma, yuridik hujjatlar; so‘g‘d yozuvida bitilgan yozma yodnoma esa 1906 yili ingliz olimi Arnold Steyn tomonidan topildi. Moniy yozuvida «Xuastuanift» yodgorligi yozilgan. Uyg‘ur yozuvi arab yozuvi bilan barobar XV asrgacha qo‘llangan. «Qutadg‘u bilig»ning Vena (Hirot) nusxasi (XI asr), «Hibatul haqoyiq» (XII asr)ning Anqara nusxasi «O‘g‘uznoma»ning qadimiy nusxasi (XIII asr oxiri), Xorazmiyning «Muhabbatnoma» (1353 yil)asarining qadimgi nusxasi, «Latofatnoma», «Dahnoma», «Maxzanul asror» (XIV–XV asr) kabi asarning ayrim nusxasi yoki parchasi uyg‘ur yozuvida bitilgan. Uyg‘ur yozuvida arab va runiy yozuvidan farqli o‘laroq, unli tovush ayrim harf bilan ko‘rsatilgan. Runiy yozuvi ham qadimgi oromiy yozuvi asosida kelib chiqqan, degan nazariya hozir asosiy o‘rinni egallaydi.

So‘g‘diy yozuvda, asosan, eron tilida matn yozilgan. Tojikistonning Zahmatobod tumani Xayrobod qishlog‘idan topilgan so‘g‘diy yozuvdagi 74 hujjatdan bittasigina turkiy tilda yozilgan.

Suryoniy yozuvi Mesopotamiyada paydo bo‘lgan, VII–VIII asrda Markaziy Osiyoga nasroniy (xristian) mazhabi bilan kirib keldi. Bu yozuv XV asrgacha qo‘llandi.

Xatti boburiyning harf shakli Muhammad Tohir ibn Qosimning 1645 yili yozgan «Ajoyibot taboqat» asarida keltiriladi.

Arab istilosi bilan birga kirib kelgan arab yozuvi (VIII asr) 1200 yildan ortiq davr ichida (1926 yilgacha) ba’zi isloh bilan (1918–1920) qo‘llanib keldi. Bu yozuvda minglab ilmiy, badiiy, diniy asar yaratildi, rasmiy hujjat tuzildi. Birgina Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik institutida 46 ming jild arab alifbosida yozilgan asar saqlanadi. Arab alifbosi va bu alifboda yozilgan asar Oktabr to‘ntarishidan keyin, ayniqsa, 30 yillarda qattiq ta’qib ostiga olindi. Natijada ko‘p qimmatbaho qo‘lyozma ko‘mildi, suvga oqizildi yoki ma’muriy idoralar tomonidan musodara qilinib, egalari qattiq jazoga mahkum etildi.

Arab yozuvining kufiy, nasta’liq va boshqa shakli (devoni, mag‘rib, ta’liq) bo‘lib, O‘rta Osiyoda asosan nasta’liq shakli qo‘llandi.

Oktabr to‘ntarishidan so‘ng arab alifbosi ma’lum darajada isloh qilindi. Chunki arab alifbosida unli tovushni ko‘rsatadigan alohida belgi yo‘q edi. Zer, zabar (harfning osti va ustida unli uchun qo‘llanadigan belgilar) faqat Qur’on va shunga o‘xshash arab tilida yozilgan diniy asardagina qo‘llanar edi. 1921 yil 1–5 yanvarda Toshkentda chaqirilgan tilimlo qurultoyi, boshqa masala bilan birga, arab harfining so‘z boshi, o‘rtasi va oxirida qo‘llanish shaklini soddalashtirdi, o‘zbek tiliga xos bo‘lmagan sod, zod, itqi, izg‘i harfini alifbodan chiqardi, u, o‘, i, a tovushi uchun alohida harf belgilandi. 1922 yil aprel oyida bo‘lgan maorif va madaniyat xodimlarining ikkinchi qurultoyi ham birinchi qurultoy qarorini ma’qulladi.

1926 yili Bokuda turkiyshunoslar anjumani bo‘lib (O‘zbekistondan A.Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat qatnashdi), lotin alifbosiga o‘tish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bunga arab alifbosining turkiy til fonetik xususiyatini aks ettirmasligi va o‘rganishning qiyinligi asos sifatida ko‘rsatildi.

1926 yil 10 iyunda O‘zbekiston Sovetlar Ijroiya Komiteti lotin alifbosiga o‘tish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Qarorga asosan «Yangi o‘zbek alifbosini joriy qilish qo‘mitasi» tuzilib, unga Y.Oxunboboyev rais, A.Ikromov, F.Xo‘jayev, Elbek, Majidiy, Fitrat va boshqalar a’zo bo‘ldi.

O‘zbekiston Markaziy Ijroiya Komitetining 1928 yil mart oyidagi III sessiyasi lotin alifbosini joriy qilishni ko‘rib chiqib, uni davlat alifbosi deb qaror qabul qildi. Sobiq Sho‘ro Markaziy Ijroiya Komiteti Prezidiumi bu qarorni 1929 yil 7 avgust kuni maxsus qarori bilan ma’qulladi.

1929 yil may oyida o‘tkazilgan imlo qurultoyida 9 unli shakli olingan bo‘lsa-da, 1934 yil mart oyida o‘tkazilgan imlo qurultoyi 6 unlining harf shaklini belgiladi.

1940 yil 8 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidiumi lotin alifbosidan kirillitsa (rus) alifbosiga o‘tish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Qarorda ish yuritish va vaqtli matbuot yangi alifboga o‘tishi va I, II, III sinfda yangi alifboni o‘qitish 1940 yil 1 sentabrdan boshlanishi hamda yangi alifboga o‘tish 2 yil ichida – 1942 yil 1 yanvargacha tugallanishi zarurligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Shunday qilib, sobiq Sovet Ittifoqi tarkibidagi deyarli hamma respublika va viloyat (o‘zining qadimgi an’anaviy alifbosi bo‘lgan Gruziya, Armaniston, Boltiqbo‘yi respublikasidan tashqari) yangi alifboga o‘tdi.

1993 yil 2 sentabrda bo‘lib o‘tgan Respublika Oliy Kengashi «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy qilish to‘g‘risida» Qaror qabul qildi. 1995 yil 6–7- mayda Oliy Kengash bu alifboga ma’lum o‘zgarish kiritdi va shu yil 24- avgustda «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash» haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga Respublika Prezidenti imzo chekdi. 1996–1997 o‘quv yilidan maktabning 1 sinfi yangi alifboni o‘rgana boshladi. Yangi o‘zbek alifbosiga o‘tish 2005 yil 1 sentabrda tugallanishi ko‘rsatilgan. Keyinchalik bu 2010- yilgacha uzaytirildi.

O‘zbekiston Respublikasining rus (kirillitsa) alifbosidan lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tishida dunyo fani va texnikasiga yaqinlashish, o‘zbek tilining nozik xususiyatini to‘laroq ifodalash asosiy maqsad qilib qo‘yildi.

Yunon yozuvi– grek, finikiy yozuvidan kelib chiqqan alifboli yozuv; taxminanmiloddan avvalgi IX-VIII asrlarda paydo bo‘lgan. Eng qadimgi yodgorliklari miloddan avvalgi VIII-VII asrlarga mansub. Turi va harflar to‘plami jihatidan qadimgi frigiy alifboli yozuviga yaqinroq. Yunon yozuvida finikiy konsonant alifbosidan farqli ravishda, undoshlarni ifodalovchi harflardan tashqari unlilarni ifodalovchi harflar ham paydo bo‘lgan. Alifboli yozuv paydo bo‘lguncha greklar chiziqli bo‘g‘in yozuvidan foydalangan.

Mumtoz umumyunon alifbosi 27 harfdan iborat, shu asosdagi matnlar chapdan o‘ngga qarab yozilgan. Yangi yunon alifbosi 24 harfdan iborat. Yunon yozuvining tosh, metall va sopol buyumlarga bitilgan monumental, unsial, kursiv, minuskul va boshqa turlari mavjud.

 

1. chigilini yozdi: 1) xafachiligini tarqatdi 2) charchog‘ini tarqatdi

2. ko‘nglini yozdi: xafachiligini tarqatdi

3. ko‘zi chig‘anog‘idan chiqib ketayozdi: 1)g‘azabi qo‘zib, asabiylashdi 2) g‘ayrati ko‘zida aks etib, ko‘zi chaqchaydi

4. ko‘zi kosasidan chiqib ketayozdi: 1)g‘azabi qo‘zib, asabiylashdi 2) g‘ayrati ko‘zida aks etib, ko‘zi chaqchaydi

5. ko‘zi qinidan chiqib ketayozdi: 1)g‘azabi qo‘zib, asabiylashdi 2) g‘ayrati ko‘zida aks etib, ko‘zi chaqchaydi

6. ko‘zining paxtasi chiqib ketayozdi: 1)g‘azabi qo‘zib, asabiylashdi 2) g‘ayrati ko‘zida aks etib, ko‘zi chaqchaydi

7. xudoga nima yozdim: «Nima gunoh qildim, gunohim yo‘q edi-ku?!» mazmunidagi ibora

8. yuragi qinidan chiqayozmoq: 1)betoqat bo‘ldi 2)sevinchdan kuchli to‘lqinlandi

9. yuragi qoq yorila yozdi: sevinib, juda kuchli hayajonlandi

10. yuragi tars yorilib keta yozmoq: sabr–chidami tugab, xunob bo‘lib ketdi

11. yuragini yozmoq: xafachiligini tarqatdi

12. yuragining chigili yozilmoq: xafachiligi tarqadi

1. Bahor – yoz – kuz – qish
Ma’nosiga ko‘ra
(fasllar ketma-ket almashishiga ko‘ra)

2. Taqdir – qismat – yozmish – peshana – nasib(a) – ko‘rgilik
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.