Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yovvoyi}
So‘z bo‘g‘inlari: yov-vo-yi
Izoh(lar)i:
yovvoyi [yov-vo-yi ]

1. Xonakilashmagan, tabiat quchog‘ida erkin hayot kechiruvchi (hayvon, parrandalar haqida). Yovvoyi mushuk. Yovvoyi kaptar. Yovvoyi echki. -

2. Madaniylashtirilmagan, o‘z holicha, tabiiy holatda o‘sadigan; zararli, ziyon keltiruvchi. Darhaqiqat, salgina xotirjam bo‘ldingmi, yovvoyi o‘tlar o‘sib ketadi-yu, g‘o‘zalarni siqib tashlaydi. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli

3. O‘zlashtirilmagan, ishlanmagan (yer-joy haqida). Yovvoyi cho‘l buyuk kenglikda Menga borin ochib tashladi. Sh. Rahmon, Yurak qirralari

4. Qo‘rqinchli, vahimali, dahshatli. Sharif tarraning yovvoyi chinqirig‘ini eshitgandek bo‘ldi. S. Siyoyev, Yorug‘lik

5. Madaniyatning ibtidoiy bosqichiga xos; qoloq. Sahroda arablarning badaviy degan yovvoyi toifasi bor ekan. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

6. ko‘chmaOdamga aralashmaydigan; begona, odamovi, yot. Odamlardan qochaman, Yovvoyi bir holim bor! Mirtemir

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. yovvoyi qarash qilmoq: Jahl bilan qaramoq

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.