1. Qarindoshligi yo‘q; begona.
Ular [Japaq va Suluv] endi bir-biriga yot.
A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
2. Tanish bo‘lmagan, notanish, begona; o‘zga, chet.
Otabek o‘zi bilan ko‘rishgan bundagi ikkita yot kishini tanimaganlikdan bir-bir qayta qarab, ularni ko‘z ostidan kechirdi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
3. q. x.Yovvoyi, begona.
Bo‘yi yerdan to‘rt barmoq ko‘tarilgan g‘o‘za oralariga yoyilgan xotin-qizlar paxta oralaridagi yot o‘tlarni termoqda edilar.
S. Ayniy, Qullar