Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yot} - qiz - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: yot-qiz-moq
Izoh(lar)i:
yot [yot ]

1. Qarindoshligi yo‘q; begona. Ular [Japaq va Suluv] endi bir-biriga yot. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi

2. Tanish bo‘lmagan, notanish, begona; o‘zga, chet. Otabek o‘zi bilan ko‘rishgan bundagi ikkita yot kishini tanimaganlikdan bir-bir qayta qarab, ularni ko‘z ostidan kechirdi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

3. q. x.Yovvoyi, begona. Bo‘yi yerdan to‘rt barmoq ko‘tarilgan g‘o‘za oralariga yoyilgan xotin-qizlar paxta oralaridagi yot o‘tlarni termoqda edilar. S. Ayniy, Qullar

Antonim(lar)i: o‘z , tanish
Sinonim(lar)i: begona [f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: yod Xotira, es; ximiyaviy element; meditsinada qo‘llanadigan spirtli jigarrang eritma; dengiz o‘simliklaridan olinadigan to‘q kristall modda.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.