Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yotoq}
So‘z bo‘g‘inlari: yo-toq
Izoh(lar)i:
yotoq ot

1. 1. Yotadigan joy, o‘rin, xona. Yotog‘ing bo‘lsin guldek, O‘zing tur yorug‘ kundek. Q. Muhammadiy
Kuldi go‘zal tongning yuzi, Qushlar turdi yotog‘idan. G‘ayratiy

2. 2. Tashkilot, muassasa yoki o‘quv yurtining o‘z xodimlari, o‘quvchi va talabalari uchun qurgan va ular yashaydigan bino. Ular yotoqqa borishdi. I. Rahim, Chin muhabbat
O‘lmas ixtiyorsiz qulog‘ini ushlab, sekin yotoqqa tomon burilgan edi, Murod to‘xtatdi. A. Qahhor, Yillar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.