1. Qarindoshligi yo‘q; begona. Ular [Japaq va Suluv] endi bir-biriga yot. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
2. Tanish bo‘lmagan, notanish, begona; o‘zga, chet. Otabek o‘zi bilan ko‘rishgan bundagi ikkita yot kishini tanimaganlikdan bir-bir qayta qarab, ularni ko‘z ostidan kechirdi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
3. q. x.Yovvoyi, begona. Bo‘yi yerdan to‘rt barmoq ko‘tarilgan g‘o‘za oralariga yoyilgan xotin-qizlar paxta oralaridagi yot o‘tlarni termoqda edilar. S. Ayniy, Qullar
1. O‘tirmoq – yonboshlamoq – cho‘zilmoq – uzala tushmoq – yotmoq Ma’nosiga ko‘ra (holat darajasiga ko‘ra)