Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yot}
So‘z bo‘g‘inlari: yot
Izoh(lar)i:
yot [yot ]

1. Qarindoshligi yo‘q; begona. Ular [Japaq va Suluv] endi bir-biriga yot. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi

2. Tanish bo‘lmagan, notanish, begona; o‘zga, chet. Otabek o‘zi bilan ko‘rishgan bundagi ikkita yot kishini tanimaganlikdan bir-bir qayta qarab, ularni ko‘z ostidan kechirdi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

3. q. x.Yovvoyi, begona. Bo‘yi yerdan to‘rt barmoq ko‘tarilgan g‘o‘za oralariga yoyilgan xotin-qizlar paxta oralaridagi yot o‘tlarni termoqda edilar. S. Ayniy, Qullar

Antonim(lar)i: o‘z , tanish
Sinonim(lar)i: begona [f-t]

1. yot I Sifat
begona

2. yot II Fe’l
biror sathni gorizontal holda egallamoq; uyquga ketmoq; qamoq muddatini o‘tamoq

3. yot III Ko‘makchi fe’l
yetakchi fe’lning leksik ma’nosiga “ma’lum holatda davomli bo‘lish” gram. ma’nosini qo‘shadi

Paronimi: yod Xotira, es; ximiyaviy element; meditsinada qo‘llanadigan spirtli jigarrang eritma; dengiz o‘simliklaridan olinadigan to‘q kristall modda.
Qomus: mavjud emas.

1. boshidan oshib yotibdi: ortiq darajada, benihoya ko‘p

2. oshib–toshib yotdi: ortiq darajada, benihoya ko‘p

3. yotqizib turg‘izmoq: Kimsaga istagancha o‘z hukmini o‘tkazmoq, kimsani istagancha o‘z amriga, hukmiga bo‘ysundirmoq.

1. Boshqa – o‘zga – yot – begona – raqib
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining kuchli ifodalashiga ko‘ra )

2. Farzand – bola – zuryod (zirriyot) – tirnoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanilishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

3. O‘tirmoq – yonboshlamoq – cho‘zilmoq – uzala tushmoq – yotmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(holat darajasiga ko‘ra)

4. To‘pponcha – avtomat – pulemyot – pushka
Ma’nosiga ko‘ra
(hajm-ko‘lamining katta-kichikligiga ko‘ra)

5. Turmush – hayot – tirikchilik
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha belgisini tor-keng ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.