Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yostiq}
So‘z bo‘g‘inlari: yos-tiq
Izoh(lar)i:
yostiq ot

1. 1. Bosh ostiga qo‘yib yotish, yon-boshlash, suyalish uchun ishlatiladigan yumshoq buyum; bolish. Par yostiq. Duxoba yostiq. Adolat boshini ko‘taraman dedi-yu, ko‘kragini g‘ijimlab, boshini qayta yostiqqa qo‘ydi. S. Zunnunova, Gulxan
Chol indamadi. U yostiqqa suyanganicha, ancha vaqt sukutga ketdi. H. G‘ulom, Mash’al

2. maxs. xs. Binokorlikda: xari, to‘sin yoki sarrov ostiga qo‘yiladigan g‘o‘lacha, yog‘och.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. bir yostiqqa bosh qo‘ydi: turmush qurdi

2. boshi yostiqqa yetganda: kasal bo‘lib qolganda

3. yostiqdan bosh ko‘tarmoq: yotib qolgan xastalikdan keyin sog‘aya boshladi

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.