Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yoshlik}
So‘z bo‘g‘inlari: yosh-lik
Izoh(lar)i:
yoshlik [yosh-lik ]

1. Yosh ekanlik; yosh bo‘lgan payt, davr. U yoshligida ixtisoslashgan fizika-matematika maktabida o‘qidi. O. Mo‘minov, Xiyobondagi uch uchrashuv

2. O‘smirlik, navqironlik. Yoshligim, kuch bilan to‘lgan yoshligim, Yashnoq davrimizga yo‘ldoshligim. S. Abdulla

3. Yoshlarga xos xatti-harakat, xususiyat. Ko‘zlarida yoshlik sho‘xligi chaqnab turgan Sherbek hadeganday bosh qimirlatdi. S. Anorboyev, Oqsoy

Antonim(lar)i: qarilik
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Chaqaloqlik – go‘daklik – bolalik – yoshlik – o‘smirlik – yigitlik – keksalik
Ma’nosiga ko‘ra
( davrlariga ko‘ra)

2. Go‘daklik – chaqaloqlik – bolalik – yoshlik – o‘smirlik – yigitlik – keksalik – qarilik
Ma’nosiga ko‘ra
(davriy bosqichiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.