1. 1. Oqlab tuyilgan butun don, oqlangan g‘alla mahsuloti.
Bug‘doy yormasi.
▬
— Yangamga aytsangiz, bug‘doy boshoqlaridan bir oz sindirib olib, to‘qmoqlab, yorg‘uchoqda yorma tortsa bo‘lmaydimi? — dedi Safar.
S. Ayniy, Qullar
2. 2. Shunday mahsulotdan tayyorlangan ovqat.
Surxonboy musofirlarga atab oqshomda chiqarilgan biror kosa yovg‘on uvra yoki yorma bilan kun o‘tkazadi.
I. Rahim, Taqdir
U [Abu Siroj] ertalab uyidan nim piyola yorma atala ichib chiqqan edi.
R. Rahmon, Mehr ko‘zda