1. tar. ar. Biror amal, unvon, suyurg‘ol va shu kabilar berilganligi haqidagi rasmiy hujjat; farmon.
To‘raning xondan ikki yuz tanob yerga yorliq olgani bejiz emas.
J. Sharipov, Xorazm
Saroy bitikchisi —bel-bog‘iga qalamdon qistirgan, ko‘k salla o‘ragan yigit — Chingizning tojik tilida yozdirgan yorlig‘ini o‘qib eshittirdi.
M. Osim, O‘tror
2. 2. Biror sanoat mahsulotiga, uning nomi, miqdori, ishlab chiqarilgan joyi va shu kabilar ma’lumotlar yozib, biriktirib, yopishtirib qo‘yilgan qog‘oz parchasi.
Fabrika yorlig‘i. Bagaj yorlig‘i.
▬
Yorlig‘ini o‘qisak, o‘zimizning ko‘n-galantereya va sport buyumlari birlashmamiz mahsuloti ekan.
Saodat
3. ko‘chma hma Noma’qul, salbiy sifat; laqab, nom, tamg‘a.
Nigora tuhmat gaplarga ishonadi: Sherbek uning uchun bevafo, burdsiz Kim biladi deysiz, unga yana qanday yorliqlarni yopishtirdi ekan.
S. Anorboyev, Oqsoy
Yaqin paytlargacha bobolarimiz kurashi millat-chi vatan xoini degan yorliqlar niqobi ostida talqin qilindi.
Fan va turmush