Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yorlaqa} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: yor-la-qa-moq
Izoh(lar)i:
yorlaqa fl

1. 1. Qo‘llab-qo‘ltiqlamoq, madad bermoq. Quyosh tangrisi bizni yorlaqasa, shahanshohi Eron askarlari, qurshovda qolgan jayronlarday, qochgani joy topolmay qolg‘aylar. M. Osim, Karvon yo‘llarida
Avaz ilgari yuzlab g‘azallar, muxammas-u qasidalar yozgan, ba’zi abyotini Tabibiydek zabardast shoir ham maqtagan, shohbayt deb ulug‘lagan, Feruz yorlaqab, in’omlar bergan. S. Siyoyev, Yorug‘lik

2. 2. Afv etmoq, kechirmoq, gunohidan o‘tmoq. Bir-ikki daqiqali fikrdan so‘ng Ota-bekning: Siz mening bu xatimni o‘qib, gunohlarimni yorlaqab turgan kezlaringizda, albatta, men Marg‘ilon yo‘lida bo‘lsam kerak jumlasini ko‘zdan o‘tkazdi-da, Sodiqdan so‘radi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.