Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yoqimli}
So‘z bo‘g‘inlari: yo-qim-li
Izoh(lar)i:
yoqimli sf

1. Istarasi issiq, yoqimtoy, kishini o‘ziga tortadigan, ko‘zga yaqin. Yoqimli bola. Yoqimli juvon. ▬ Darhaqiqat, u yoqimli qiz bo‘libdi. U ancha kamtarga ham o‘xshaydi. Mirmuhsin, Umid
U [Anzirat] oltmishlarga borib qolgan, nimjon, yuzi juda burishgan bo‘lsa ham qizil, tovushi mayin va yoqimli bir kampir edi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

2. Kishiga yoqadigan; zavq, huzur bag‘ishlaydigan. Yoqimli kuy. Yoqimli kulgi. Yoqimli shabada. ▬ Uzoqdan, radiodan mayin, yoqimli muzika oqar edi. Oybek, Nur qidirib
Maqbara tomondan kishi ko‘nglini eritadigan yoqimli bir ovoz eshitildi. K. Yashin, Hamza

Antonim(lar)i: yoqimsiz , beyoqim
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.