1. bir yoqadan bosh chiqardi: hamjihat bo‘ldi, yakdil bo‘ldi
2. bir yoqda tursin: zidlash ma’nosini anglatib, bog‘lovchi vazifasida keladi
3. bir yoqli bo‘ldi: hal bo‘ldi, ajrim bo‘ldi, tugadi
4. boshdan oyoq: to‘la-to‘kis, bus-butun
5. boshini qayoqqa urishini bilmadi: ilojini topa olmadi
6. jiniga yoqmaydi: ta’biga to‘g‘ri kelmaydi
7. ko‘rpasiga qarab oyoq uzatdi: imkoniyatini hisobga olib ish tutdi
8. o‘zini qayoqqa urishini bilmaydi: kuchli hayajonlangan holda toqatsizlandi
9. og‘ir oyoq: homilador
10. oyoq osti bo‘ldi: poymol bo‘ldi, tahqirlandi
11. oyoq osti qildi: poymol bo‘ldi, tahqirlandi
12. oyoq osti qildirdi: poymol qildirdi, tahqirlatdi
13. oyoq osti qilindi: tahqirlandi
14. oyoq tiradi: o‘jarlik qildi
15. oyoq uzmoq: oyoq
16. oyoqni tiradi: qaysarlik qildi
17. oyoqning bog‘i bo‘lmoq: boshiga tashvish, dardisar bo‘lmoq; xalaqit bermoq.
18. oyoqqa qalqimoq: o‘tirgan joyidan tiklanmoq, tik turmoq.
19. oyoqqa tushov bo‘lmoq: erkin harakatlanishga to‘siq bo‘lmoq, imkon bermaslik
20. tayoqni alif deydigan: g‘irt savodsiz, hech narsa bilmaydigan
21. u yoqda tursin: zidlash ma’nosini anglatib, bog‘lovchi vazifasida keldi
22. yoqasini ushladi: nihoyat darajada ajablandi
23. yuziga oyoq qo‘ymoq: behurmat qilish darajasida hisoblashmaydi