Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yondosh}
So‘z bo‘g‘inlari: yon-dosh
Izoh(lar)i:
yondosh sf

1. 1. Yonma-yon turgan, yonma-yon o‘rnashgan. Yondosh qishloq. Po‘lat, Bahor — ikkovlari bir sinfda o‘qir, hovlilari ham bir-biriga yondosh bo‘lib, qadrdon qo‘shni edilar. Sh. Rashidov, Qudratli to‘lqin
Samarqand bilan yondosh turgan Buxoroda xalqning amirlikka qarshi qudratli harakati yanada rivojlandi. M. O‘rinxo‘jayev, Unutilmas kunlar

2. 2. Bir-biriga bog‘liq, yaqin. Endi bu bilan yondosh yana bir masala haqida ham fikrlashib olsak. Yoshlik

3. ayn. yn. Parallel. Yondosh chiziqlar.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: yondash Yaqinlashmoq; yaqin kelmoq; moyil bo‘lmoq.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.