Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yol}
So‘z bo‘g‘inlari: yol
Izoh(lar)i:
yol ot

1. Bir qator hayvonlar gardani (bo‘yni)da bo‘ladigan uzun yung, qil tutamlari. Sher yoli. Bug‘doypoya yoqalab o‘tgan tuproq yo‘lda oq yolini yelpitib, bo‘z ot yo‘rg‘alayapti. Sh. Xolmirzayev, Bodom qishda gulladi
Tevarakdagi kishilar bir menga va bir toychamga qaraydilar. Men uyalib, toychamning yolini tarayman. A. Qodiriy, Uloqsa

2. shv. Sayr, istirohat. Yashil o‘rmon bo‘lur hali Ko‘l aylanasi, Yoz kunlari yol etkali Qushlar panasi. Mirtemir
Hali ishga ruxsat yo‘q! Uch kun avval keldingiz, hozircha yol etingiz. Yashin va M. Rahmon, Sirdaryo
Quyosh nimadandir xijil bo‘lib qochganday, bulutlar orasida yol etadi, nasim esa bayroqlarni tin-may o‘ynatadi. Mirtemir, Tingla, hayot

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. alifni kaltak deyolmaydi: g‘irt savodsiz, hech narsa bilmaydi

2. har xil xayolga bormoq: 1.shubhalanmoq, yomon fikrga bormoq. 2.biror narsadan tashvishlanmoq; xavotir olmoq.

3. xayol daryosiga cho‘mdi: o‘ylanish holatida bo‘ldi

4. xayol surdi: hamma narsani unutgan holda o‘yladi

5. xayolga cho‘mdi: o‘ylanish holatida bo‘ldi

6. xayolga toldi: uzoq o‘ylandi

7. xayolidan ko‘tarildi: unutdi

8. xayolidan nari ketmaslik: nima Unuta olmaslik, ko‘z oldida doim namoyon bo‘lmoq

9. xayolidan o‘tdi: ma’lum bir muddat fikrladi

10. xayoliga keldi: 1)o‘yladi, idrok qildi, fahmladi 2)xotirasida tiklandi

11. xayolni buzmoq: Xayolni bo‘lmoq, sochmoq

12. yolg‘on tong: ayn. subhi kozib q. subh.

1. Bekorchi – bo‘lmag‘ur – yolg‘on
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

2. Birdan-bir – yagona – yakkayu-yagona – yolg‘iz – tanho
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalash darajasiga ko‘ra)

3. Biroz – ozgina – sal – xiyol
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanilish doirasining torligiga ko‘ra )

4. Gavdalantirmoq – xayol surmoq – hukm chiqarmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(tasavvurning natijasiga ko‘ra))

5. Iltimos qilmoq – yalinmoq – yolvormoq – o‘tinmoq.
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

6. Nomusli – hayoli – oriyatli – andishali – iboli
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortib borishiga ko‘ra)

7. Qizaloq – qiz – kelin – ayol – juvon – kampir
Ma’nosiga ko‘ra
(yoshining katta-kichikligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.