Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yog‘och}
So‘z bo‘g‘inlari: yo-g‘och
Izoh(lar)i:
yog‘och ot

1. 1. Daraxt, og‘och. Otabek hovlining o‘rtasida, tut yog‘ochining yoniga kelib to‘xtagan va janubda kishi yo‘qmi, deb alanglar edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

2. 2. Yog‘ochdan qilingan, yog‘ochli. Esimda Anhorning yog‘och ko‘prigi, Bu yerni azaldan deyishgan O‘rda. M. Shayxzoda
Yog‘och uyga yerdan bir qancha baland ko‘tarib taxta terilgan, uning ustiga qanor qoplardan palos to‘shalgan. I. Rahim, Chin muhabbat
— Qosimov mast emasmidi? — dedi Solibek qiziqib. Uning ham kayfi bor-u, ammo G‘ulomjonga o‘xshab yog‘och kavush kiygan emas. H. Nu’mon, Fasllar

3. 3. Qurilish materiali, xoda. Sidiqjon onasi kutgandan ham ortiqroq g‘ayrat qilib, hash-pash deguncha yog‘och, somon, bo‘yra, taxta va boshqa narsalarni tashib oldi va tezdan usta soldi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.