Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yog‘ingarchilik}
So‘z bo‘g‘inlari: yo-g‘in-gar-chi-lik
Izoh(lar)i:
yog‘ingarchilik ot

1. Yog‘in ko‘p bo‘lgan payt, mavsum; yog‘inning o‘zi. Bu yerlarda yog‘ingarchilik kam bo‘ladi. Mirmuhsin, Me’mor
Kuz kelib, yog‘ingarchilik boshlandi. H. G‘ulom, Mash’al
Yog‘ingarchilikdan paykalga kirib bo‘lmay qoldi. I. Rahim, Chin muhabbat
Do‘kon ayvonlaridagi ustunlarga suyangan azamatlar dam-badam esnashib, shunday yog‘ingarchilik kunlari ham qishloq markazida avj oladigan keldi-ketdi, savdo-sotiqni tomosha qilardilar. P. Tursun, O‘qituvchi

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.