Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yog‘}
So‘z bo‘g‘inlari: yog‘
Izoh(lar)i:
yog‘ fl

1. 1. Tomchi, zarra yoki dona-dona holida ketma-ket, bir tekisda havodan tushib turmoq. Yomg‘ir yog‘di. Do‘l yog‘di. Qor kuchli yog‘ardi. Ko‘chalar, tomlar, devorlar, daraxtlar oppoq. Oybek, Tanlangan asarlar
Qor yog‘ar, uyda meni opam kutardi. Sh. Xolmirzayev, Yo‘llar, yo‘ldoshlar

2. ko‘chma hma Ketma-ket va ko‘plab kelmoq. O‘q yog‘di. Pul yog‘di.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. yog‘ I Ot
moy, mol va o‘simlikning shunday mahsuloti

2. yog‘ II Fe’l
qor va yomg‘ir kabilarning havodan tushishi

Paronimi: yoq Tomon, taraf.
Qomus: mavjud emas.

1. bir oyog‘i yerda, bir oyog‘i go‘rda: umri tugay deb qolgan

2. Ikki oyog‘ini bir etikka suqdi: o‘z ishining amalga oshishini qaysarlik bilan talab qildi

3. Ikki oyog‘ini bir etikka tiqdi: juda qiyin ahvolga tushdi

4. Ikki oyog‘ini tirab oldi: qaysarlik qildi

5. ilon yog‘ini yalagan: juda ayyor, mug‘ambir, quv

6. ilon yog‘ini yegan: juda ayyor, mug‘ambir, quv

7. ko‘zini yog‘ bosdi: takabburlandi, tanib tanimaganga oldi

8. ko‘zining yog‘ini yedi: o‘zini kimgadir yaqin ko‘rsatib, uning xayrixohligidan o‘z manfaati yo‘lida foydalandi

9. o‘z yog‘iga o‘zi qovrildi: ruhan azoblandi, ezildi

10. osmonga uchsa, oyog‘idan, yerga kirsa, qulog‘idan tortadi: qutulib ketishiga qo‘ymaydi

11. oyog‘i tortmadi: borgisi kelmadi

12. oyog‘i tovsilmoq: odamlar keldi-ketdisi, yo‘ldagi harakati siyraklashmoq, kamaymoq.

13. oyog‘idan tortmoq: biror noxush ish, holatga jalb etmoq, duchor qilmoq.

14. oyog‘iga bolta urdi: mavqeidan mahrum etadigan zarba yetkazdi

15. oyog‘iga bosh qo‘ydi: xokisor bo‘ldi, xokisorlik qildi

16. oyog‘iga bosh urdi: xokisor bo‘ldi, xokisorlik qildi

17. oyog‘iga yiqildi: xokisor bo‘ldi, xokisorlik qildi

18. oyog‘ini bir etikka suqdi: o‘z ishining amalga oshishini qaysarlik bilan talab qildi

19. oyog‘ini tirab oldi: qaysarlik qildi

20. oyog‘ini yerga tiradi: qaysarlik qildi

21. tomog‘ini yog‘lamoq: Pora bermoq, pora o‘rnidagi narsa bilan siylamoq

22. tuyog‘idan o‘t chaqnamoq: (ot, toyga nisbatan). Tez va yengil chopadigan; uchqur

23. yerga kirsa, qulog‘dan tortib chiqaradi, osmonga chiqsa, oyog‘idan tortib tushiradi: qutulib ketishiga qo‘ymaydi

24. yog‘ tushsa, yalagudek: nihoyat darajada toza

25. zig‘ir yog‘day ko‘ngliga urmoq: qiziqishi yo‘qoldi, jirkanish hissini uyg‘otdi, bezdirdi

1. Ilonning yog‘ini yalagan – shaytonga dars bergan.
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlikning kuchli ifodalashiga ko‘ra)

2. Nur – shu’la – yog‘du – ziyo
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(kitobiylik belgisining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

3. Xushomadgo‘y – laganbardor – labbayguy – tilyog‘lama – yaltoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yog‘ining ortib borishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.