Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yo‘y} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: yo‘y-moq
Izoh(lar)i:
yo‘y fl

1. Biror narsa, hodisaning sabab yoki mohiyati, asosini o‘zicha talqin etmoq, ta’birlamoq, nima bilandir bog‘lamoq, o‘shandan deb o‘ylamoq, hisoblamoq. Tushni yaxshilikka yo‘ymoq. Ona o‘g‘lidagi sabrsizlikni ko‘rib, o‘qishga mehr qo‘yganligiga yo‘ydi. J. Abdullaxonov, Xonadon
Odat-da odamlar tush ko‘rib, uni boshqa bir bo‘lajak hodisaga yo‘yadilar. O. Mo‘minov, Xiyobondagi uch uchrashuv
Biroq bu holni kunning sovug‘iga yo‘yish, tinchi buzilgan odamning injiqligi bilan ta’birlash ham mumkin. Sh. Xolmirzayev, Qil ko‘prik

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.