Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yo‘sin}
So‘z bo‘g‘inlari: yo‘-sin
Izoh(lar)i:
yo‘sin ot

1. kam qo‘ll. ll. 1 Holat, tarz. Shakarning yo‘sini o‘zgarmagan, uncha-muncha gap, nasihat bakor kelmasligi ko‘rinib turibdi. H. Nazir, Ko‘kterak shabadasi

2. ko‘m. vzf. zf. O‘xshatish, qiyos ma’nosini bildiradi. Otabekning Marg‘ilonga borib kelishi shu yo‘sinda edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
So‘ngra [qizcha] o‘z ishidan minnatdor yo‘sinda qora ko‘zlarini atrofga bir javdiratib oldi-da, tez chiqib ketdi. P. Tursun, O‘qituvchi
Shu yo‘sin qizlar o‘zlarining bir o‘rtoqlarini xotinlik dunyosiga uzatib, majlisdan tarqalishdilar. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

3. Zax yerlarda, tosh, daraxtlar ustida o‘sadigan ildizsiz mayda o‘simlik, mox. Tosh ustini yo‘sin qoplabdi. Chelakni to‘ldirib, qaddini rostladi. Qum, suvdan yo‘sin, yod hidi kelardi. S. Nurov, Narvon

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. yo‘sin I Ot
ish-harakatning amalga oshish tarzi, tartib, taxlit

2. yo‘sin II Ot
zax yerlarda tosh va daraxtlar ustida o‘sadigan ildizsiz o‘simlik

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.