1. 1. Amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan chora-tadbir; yo‘l. Har ishning o‘z yo‘rig‘i bor. ▬ Chigallarning hammasini juma kungi kengash yechadi. Hammamizning hayot-mamotimiz yo‘rig‘i o‘sha kuni belgilab berilgadi. H. G‘ulom, Mash’al
2. 2. Biror masalada tutgan mavqe, ahamiyatni alohida qayd etadi. Onaning yo‘rig‘i boshqa ekan: bitta chaqaloqqa ikki erkak bas kelolmasdik. J. Abdullaxonov, Xonadon Sizning yo‘rig‘ingiz boshqa, sizning soyangizdan ham hayiqishadi. S. Nurov, Narvon
1. yo‘l-yo‘riq ko‘rsatmoq: nima qilish lozimligi haqida maslahat berdi