Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yo‘rg‘a} - la - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: yo‘r-g‘a-la-moq
Izoh(lar)i:
yo‘rg‘a ot

1. 1. Mayda qadam tashlab, tez yuradigan (ot, eshak haqida). [Mingboshi] Eng yaxshi zar choponini kiyib, tilla kamarini bog‘lab, uzun qilichini osib, saman yo‘rg‘ani minib, yo‘lga chiqdi. Cho‘lpon, Kecha va kunduz
Gulnoraning dadasi qishgacha minib yura qol, deb yo‘rg‘a eshagini bergan. S. Siyoyev, Yorug‘lik

2. 2. Shunday tarzdagi yurish. Jo‘ra, bu qaynoq hayotni ko‘rmaganday, ko‘chaning bir chetidan ot yo‘rg‘asiga mahliyo bo‘lib borardi. H. Shams, Dushman
Yakka otning yo‘rg‘asidan chiqarmi chang? G‘, G‘ulom

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.