1. 1. Kishilarning bor yoki yo‘qligini bilish uchun ro‘yxat bo‘yicha ularning ism va familiyasini aytib chaqirish.
Yo‘qlama qilmoq.
▬
Bir kun, jangdan chiqib dam olayotgan bir bo‘linmaga borib qoldim, shu vaqt rotalarning birida kechki yo‘qlama bo‘layotgan edi.
Z. Fatxullin, So‘nmas yulduz
Muallim yo‘qlamani qilib bo‘lgach: — O‘tgan darsda qaysi mavzuni o‘tgan edik? — deb so‘raydi
X. To‘xtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
2. esk. sk. Maktabda sinf jurnali.
Bunda [darsda] 6-8 bola baholanib, ularning bahosi yo‘qlamaga va kundalikka qo‘yiladi.
Y. Abdullayev, Dars yuzasidan bahoni qanday qo‘yish kerak?
Hamshira erinib, oldidagi yo‘qlamaga o‘xshagan daftarni ochdi.
F. Musajonov, Himmat