1. Yo‘l transportidan foydalanganlik uchun to‘lanadigan haq, yo‘l haqi, kira puli.
Usmonjon uni [pulni] yo‘lkira qilib, uyiga quruq kirib keldi.
S. Zunnunova, Olov
Xoldor suhbatdan sekin sirg‘alib chiqib hukumatdan yo‘lkiraga olgan pulini yana sanay boshladi.
A. Muxtor, Tug‘ilish
Festivalga boradiganlardan yo‘lkira olinmaydi, tushundingmi, bolakay.
Gazetadan