Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yo‘lka}
So‘z bo‘g‘inlari: yo‘l-ka
Izoh(lar)i:
yo‘lka ot

1. 1. Odatda ko‘cha chetida tosh, g‘isht yoki asfalt yotqizib, bir oz ko‘tarib tekislangan, piyodalar yuradigan tor yo‘l; trotuar. Katta yo‘lga tosh yotqizilib yo‘lkalar asfalt qilingan edi. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
Domla ko‘chaning o‘rtasidan yurmay, yo‘lka bilan, boshini ko‘tarib, jiddiy vajohat bilan o‘tayotibdi. P. Tursun, O‘qituvchi

2. 2. Hovli, bog‘ va shu kabilar joylarda yurish uchun ajratilgan maxsus yo‘l. Devor tagidagi quruq yo‘lkadan uch-to‘rt qadam yurib, to‘xtab qoldi. Ichkaridan rubob ovozi eshitildi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Xiyobonga qarab ketdik. Suv sepib supurilgan toza yo‘lkalardan sekin-sekin yurib, ancha kezdik. Mushtum
Yo‘lkaning o‘ng tomoni — mevalar, chap tomoni — tokzor: ikki ishkomgina uzum. H. G‘ulom, Binafsha atri

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.