Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yo‘lak}
So‘z bo‘g‘inlari: yo‘-lak
Izoh(lar)i:
yo‘lak ot

1. 1. Ko‘chadan hovliga olib boradigan, ikki tomoni devor bo‘lgan uzun yo‘l. Qulmat otani qidirib, ichkari bilan tash-qarini qo‘shadigan kenggina yo‘lakka chiqdi-da eshik tirqishidan tashqariga mo‘raladi. K. Yashin, Hamza
Yigitali xayrlashishni ham unutib, yo‘lakdan ko‘cha tomon yurdi. D. Nuriy, Osmon ustuni

2. 2. Bino ichida xonalarga borish uchun xizmat qiladigan yo‘l; koridor. Tanish koshonaning behisob shamlar zo‘rg‘a yoritgan tor va uzun yo‘laklari kimsasiz edi. O. Yoqubov, Ko‘hna dunyo
G‘oyib bino yo‘lagining har yer-har yerida osig‘liq devoriy gazetalarni ko‘rsatardi. J. Abdullaxonov, Oriyat

3. ayn. yn. Yo‘lka. O‘rtasiga atirgul, rayhon va gultojixo‘roz ekilgan hovlining o‘ng tomonidagi yo‘lak bo‘ylab yurib, yuqoridagi sinch devorli pastak uyga kirishdi. Mushtum
Sezar — yaproq yurakka o‘xshar. Ha, shu oddiy asal-rang yaproq Tosh yo‘lakka aylanib tushar. X. Davron
Semonlangan ariqchalardan jildirab suv oqib yotibdi. Yo‘laklar toza. S. Nurov, Narvon

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Yo‘lak – yo‘l – trassa
Ma’nosiga ko‘ra
(katta-kichikligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.