Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yo‘l-yo‘riq}
So‘z bo‘g‘inlari: yo‘l--yo‘-riq
Izoh(lar)i:
yo‘l-yo‘riq ot

1. 1. Biror ish, tadbirni amalga oshirish tartib-qoidalari majmui. Kimni kolxozga olish, kimni kolxozdan chiqarish kolxozchilarning o‘z ixtiyorida. Buning o‘z yo‘l-yo‘rig‘i bor. O‘rtoq Samandarov ana shu yo‘l-yo‘riqni buzganlar deydilar, xolos. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Biz buning yo‘l-yo‘rig‘ini sudlardan so‘rab-so‘rab, o‘zimiz ham yarim-yalpi sud bo‘lib qolganmiz. Hamza, Paranji sirlari

2. 2. Bajarish tartibi, yo‘li haqidagi fikr, gap, ko‘rsatma. Hamma jim bo‘ldi. O‘tirganlar vaziri buzruk tomon qarab, undan qandaydir yo‘l-yo‘riq kutdi. J. Sharipov, Xorazm
To‘lqin olimlardan yo‘l-yo‘riq so‘rab, maslahat olib keldi. E. Usmonov, Yolqin

3. 3. Ish-topshiriq, bajariladigan ishlar haqida ko‘rsatma; buyruq. U kishining yo‘l-yo‘riqlarini bizlar hech qanday gap-so‘zsiz bajo keltiramiz. K. Yashin, Hamza

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. yo‘l-yo‘riq ko‘rsatmoq: nima qilish lozimligi haqida maslahat berdi

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.