Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yo‘g‘onlik}
So‘z bo‘g‘inlari: yo‘-g‘on-lik
Izoh(lar)i:
yo‘g‘onlik ot

1. Ko‘ndalang kesim darajasi, kattalik. Yo‘g‘onligi bir metr keladigan chinor. [ Yo‘lchining] Ikki qoshi o‘rtasidan bir tomonga kirgan tomiri o‘rta barmoq yo‘g‘onligida bo‘rtib chiqdi. Oybek, Tanlangan asarlar
Shu vaqt nariroqdagi besh qulochcha yo‘g‘onlikda bo‘lgan azim qayrag‘ochda chumchuqlar quloqni bitirguday qattiq chirqillashib qoldi. H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.