Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yirt} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: yirt-moq
Izoh(lar)i:
yirt fl

1. 1. Gazmol, qog‘oz va shu kabilarni uzmoq, uzib bo‘laklarga ajratmoq. Lattani yirtmoq. Qog‘ozni yirtmoq. Ko‘ylagini yirtmoq. U [jangchi] bintning uchini yirtar ekan, ofitserga qarab, bir nima dedi. A. Qahhor, Oltin yulduz

2. ko‘chma hma Bo‘lakka ajratmoq. Traktorlar yorib, yerlarni yirtib, kesak qo‘ymaydi, mayda-mayda qirqib. Habibiy
Yana bir farishta qora bulutdan bir parchasini yirtib olib, tuproqning ustiga siqdi. A. Qahhor, Qo‘shchi-nor chiroqlari

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.