Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yil}
So‘z bo‘g‘inlari: yil
Izoh(lar)i:
yil [yil ]

1. Yerning Quyosh atrofida bir marta aylanib chiqish muddati; o‘n ikki kalendar oyiga teng vaqt, shunday vaqtga teng o‘lchov. Bu yil yog‘in-sochin ko‘p bo‘lib, yer-ko‘k chamanday yashnab ketdi. S. Siyoyev, Yorug‘lik

2. Biror hodisa, voqea yuz bergan kundan boshlab o‘tgan o‘n ikki oylik vaqt. Uchinchi otam bilan ikki yilcha yaxshi turishdi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

3. O‘n ikki oylik vaqt bilan hisoblanadigan kalendar tizimi. Milodiy yil. Hijriy yil. Kabisa yili. Quyosh yili. Oy yili. Qamariya yil hisobi. -

4. astr.Biror planetaning Quyosh atrofida bir marta aylanishida o‘tadigan muddat. Zuhra yili (225 sutkaga teng). -

5. tar.Muchal yil hisobida o‘n ikki muchalning har biri (Tafsilotlar muchal so‘zi izohida keltirilgan. Bu yil it yili ekanmi, bilmayman. Kulollikda ham meni itlar tinchitmadi. G‘. G‘ulom, Shum bola

6. eti. q.Yil oshi. Xaldorbekovning yili o‘tar-o‘tmas, boyvachchaga kenja xotin bo‘lib tushgani mahalla-ko‘y o‘rtasida ancha noxush gap-so‘zlar uyg‘otgan edi. K. Yashin, Hamza

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: yel Havoning yer sathi bo‘ylab harakati, shamol; ichakda hosil bo‘ladigan gaz.

Fonetik yozuv (tamoyil, prinsip) – o‘zakka qo‘shimcha qo‘shilganda yuz beradigan tovush o‘zgarishini yozuvda aynan aks ettirish, ya’ni qanday aytilsa, shunday yozish – fonetik yozuv. Mas., ong o‘zagidan la affiksi bilan yasalgan so‘z ongla emas, angla shaklida beriladi, ya’ni o‘zakdagi o o‘rniga a talaffuz qilinar ekan, u xuddi shunday yoziladi. Ishla negizidan yasalgan ishlovchiso‘zida a o‘rniga o yoziladi.

Fonetik yozuv orfografiyani jonli talaffuzga yaqinlashtiradi. Yozuv va talaffuzda ma’lum darajada umumiylik saqlanadi.

Nutqda tushdi so‘zi tushti, tushgan so‘zi tushkan tarzida talaffuz qilinadi. Lekin bunday yozilmaydi. Ba’zan so‘z oxirida bir undosh tushirilib aytiladi: Samarqan, xursan, pas kabi. Ammo bu holat yozuvda aks etmaydi. Bunday so‘z boshqa tamoyilga bo‘ysunadi. (q. Morfologik yozuv).

Fonetik yozuv asosida yoziladigan o‘zak va qo‘shimchalar quyidagilar: 1. Bir bo‘g‘indan iborat o tovushli yopiq bo‘g‘inli ba’zi o‘zakka -a qo‘shilib yasalganda, o tovushi a tovushiga aylanadi: ong – angla, ot – ata, son – sana, yosh – yasha kabi. 2. Keyingi yopiq bo‘g‘inda i yoki u unlisi bo‘lgan ikki bo‘g‘inli ba’zi negizga a yoki obilan boshlangan qo‘shimcha qo‘shilganda keyingi bo‘g‘indagi i, u unlisi aytilmaydi va yozilmaydi: ulug‘ – ulg‘aymoq, sariq – sarg‘aymoq, og‘iz – og‘zaki, ikki – ikkov, olti – oltov kabi. 3. Keyingi yopiq bo‘g‘inda i yoki u unlisi bo‘lgan ikki bo‘g‘inli ba’zi negizga egalik shakli qo‘shilsa, keyingi bo‘g‘indagi i, u unlisi aytilmaydi va yozilmaydi: og‘iz – og‘zi, burun – burni, o‘g‘il – o‘g‘li. 4. K yoki q undoshi bilan tugagan ko‘p bo‘g‘inli o‘zak-negizga egalik shakli qo‘shilsa, ktovushi g, q tovushi g‘ tarzida aytiladi va yoziladi: istak – istagim, qishloq – qishlog‘im kabi. 5. Kishilik olmoshining birinchi va ikkinchi shaxs birligiga -ning, -ni, -niki qo‘shimchasi qo‘shilsa, yonma-yon kelgan ikki n tovushidan biri aytilmaydi va yozilmaydi: menning emas, mening, senning emas, sening kabi. 6. Ko‘rsatish olmoshidan u, bu, shu o‘zagiga -ga, -da, -day affiksi qo‘shilsa, bir n tovushi orttiriladi va shunday yoziladi: unga, undan, bunga, shunday kabi. 7. Undosh s, t, ch tovushi bo‘lgan isi, qot, achi kabi fe’l o‘zagiga -q qo‘shilib sifat yasalganda, o‘zakdagi undosh takrorlanadi: issiq, qattiq, achchiq kabi.

Fonetik yozuv asosida yoziladigan qo‘shimchaning ayrimi ikkitadan yettitagacha fonetik shaklga ega. Bu o‘zak-negiz va qo‘shimcha tarkibida k, g, q, g‘ undoshining mavjudligiga bog‘liq: 1. Ikki shaklda yoziladigan qo‘shimcha: -il, -l: yozildi, qurildi, o‘qildi, tarqaldi; -in, -n: kiyin, taran; -iy, viy: ijodiy, oilaviy. 2. Uch shaklda yoziladigan qo‘shimcha: -ga, -ka, -qa: quyoshga, o‘simlikka, xalqqa; -gan, -kan, -qan: uchgan, tikkan, boqqan; -gach, -kach, -qach: singach, to‘kkach, oqqach. 3. To‘rt shaklda yoziladigan qo‘shimcha: -gich, -kich, -g‘ich, -qich: suzgich, chekkich, qirg‘ich, bosqich; -chak, -choq, -chiq, -chik: kelinchak, maqtanchoq, sirg‘amchiq, o‘rgamchik; 4. Olti shaklda yoziladigan qo‘shimcha: -gi, -ki, -gu, -g‘u, -g‘i, -qi: sevgi, turtki, ezgu, cholg‘u, yoqilg‘i, tashqi; 5. Yetti shaklda yoziladigan qo‘shimcha: -gin, -kin, -gun, -kun, -g‘in, -qin, -g‘un, -qun: tizgin, keskin, surgun, tushkun, ozg‘in, uyg‘un, uchqun. Demak, fonetik yozuv imloni talaffuzga moslaydi.

1. qulog‘iga qo‘yilib qoldi: 1)gapni uqdi 2)xotirasida mustahkam saqladi

2. uzoq yili: O‘tgan yildan oldingi yil, burnog‘i yil

3. yil-o‘n ikki oy: butun yil davomida, yozin-qishin

1. Lahza – on – soniya – daqiqa – soat – kun – sutka – hafta – oy – yil -asr – era.
Ma’nosiga ko‘ra
(vaqt miqdorining ortib borishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.