1. Er jinsidagi shaxsning balog‘atdagi davri, balog‘atga yetgan davri. Yosh-san, sog‘san, ishla, o‘yna, ulfat qur, har bir sho‘xlik yigitlikda yarashadi, bolam. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Shaxsning balog‘atga yetgan, yigit davriga xos. Yigitlikning sho‘x havaslari yurakda bir lahza chayqalib ketdi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Yigitga xos mardlik, dovyuraklik, jasurlik. Uning yigitligiga tilda tahsin o‘qib yugurib kelayotganim-da, bek aka. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
4. ayn.Yigitchilik. Sen hali yoshlik qilasan. Yigitlik emish. Shu ham gap bo‘pti-yu.Oybek, Tanlangan asarlar -
1. Chaqaloqlik – go‘daklik – bolalik – yoshlik – o‘smirlik – yigitlik – keksalik Ma’nosiga ko‘ra ( davrlariga ko‘ra)
2. Go‘daklik – chaqaloqlik – bolalik – yoshlik – o‘smirlik – yigitlik – keksalik – qarilik Ma’nosiga ko‘ra (davriy bosqichiga ko‘ra)