Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yigitcha}
So‘z bo‘g‘inlari: yi-git-cha
Izoh(lar)i:
yigitcha [yi-git-cha ]

0. rvsh.Yigit singari, yigitga xos, yigitdek; mardona. Qiz to‘n, do‘ppi kiyib, belbog‘ bog‘lab, yigitcha o‘yinga tushdi. -

2. Yigit 1 so‘zining kichraytirish-erkalatish shakli.

3. Yosh yigit, o‘smir, o‘spirin. Yigitchaning shu xon degan qo‘shimchasida mening Zebinisam degan ma’noda bir maqtanish, bir g‘urur ohangi bor edi. Cho‘lpon, Kecha va kunduz

4. O‘ziga nisbatan yoshi kichik yigitga, o‘smirga murojaat qilishda qo‘llanadi. E, e, yigitcha! Qani, bu yoqqa keling-chi! A. Qahhor, O‘jar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.