Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yigit}
So‘z bo‘g‘inlari: yi-git
Izoh(lar)i:
yigit [yi-git ]

1. Jinsiy va jismoniy jihatdan voyaga yetgan erkak. Ularning biri yigirma yoshlardagi qotma, xipcha yigit edi. I. Rahim, Chin muhabbat

2. Umuman, yosh erkak, yosh kishi. Mana shu yerda MTS tashkil qilindi-yu, bunga o‘sha paxta zavodida ishlaydigan bir yigit kattakon bo‘lib keldi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

3. ko‘chmaEr kishi, jasur odam, mard. Yigit so‘zidan qaytmas, arslon — izidan. Maqol

4. s. t.(egalik qo‘shimchasi bilan) Qizning ko‘ngil qo‘ygan kishisi, sevgilisi. Hoy, menga qara, seningcha, yigiti bor qiz birov bilan gaplashmaydimi? Shuhrat, Shinelli yillar

5. Biror harbiy to‘daga, guruhga mansub bo‘lgan erkak kishi. Oradan uch-to‘rt daqiqa o‘tgandan keyin, Kamolon tarafidan bir yuz chamalik sarkarda va yigitlari bilan Azizbek ko‘rindi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

6. O‘ziga nisbatan yoshi kichik kishiga murojaat qilishda qo‘llanadi. Hay, o‘t yigit, haligi so‘zlaring oltinga arziydi Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Bola – o‘spirin – yigit – o‘rta yosh – keksa – nuroniy – chol
Ma’nosiga ko‘ra
(ijtimoiy holatiga ko‘ra)

2. Chaqaloq – go‘dak – bola – o‘smir – yigit – chol
Ma’nosiga ko‘ra
(ulg‘ayganlik belgisiga ko‘ra)

3. Chaqaloqlik – go‘daklik – bolalik – yoshlik – o‘smirlik – yigitlik – keksalik
Ma’nosiga ko‘ra
( davrlariga ko‘ra)

4. Go‘daklik – chaqaloqlik – bolalik – yoshlik – o‘smirlik – yigitlik – keksalik – qarilik
Ma’nosiga ko‘ra
(davriy bosqichiga ko‘ra)

5. Ninni – go‘dak – chaqaloq – bola – o‘smir – yigit – o‘rta yosh – chol
Ma’nosiga ko‘ra
(yosh xususiyatining katta-kichikligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.