Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yigirma}
So‘z bo‘g‘inlari: yi-gir-ma
Izoh(lar)i:
yigirma sn

1. 1. 20 raqami va shu raqam bilan ifodalangan son, miqdor. Yigirma kishi. Yigirma kun. Yigirma litr sut. Yigirma so‘m. Yigirma tup ko‘chat. U ko‘rinishda uyatchan, yigirma yashar yigit edi. Oybek, Tanlangan
Dadam asli o‘sha yerlik ekan-u, bundan yigirma yilmi, o‘ttiz yilmi oldin bu yoqqa kelib qolgan Asarlar

2. etn. tn. Kishi vafotidan so‘ng o‘n yettinchi yoki o‘n to‘qqizinchi kuni o‘tkaziladigan marosim. Yo‘ldosh motamsaro. Onasining janozasi, yigirmasi, qirqi, xatmi qur’on deb, ancha chiqimdor bo‘lganga o‘xshaydi. S. Anorboyev, Mehr
Odatga muvofiq onamning yigirmasini o‘tkazaman, deb bor-yo‘q pullarimdan ajratdim. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. yigirma I Son
19 dan keyingi va 21 dan oldingi butun sanoq son

2. yigirma II Ot
kishi vafotining o‘n yettinchi yoki o‘n to‘qqizinchi kuni o‘tkaziladigan marosim

3. yigirma III Fe’l
yigirishni bajarmaslikka undovchi bo‘lishsiz fe’li

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.